142
1.6§ Hisoblash tizimlarining unumdorligini baholash
1.6.1. Takt chastotasi bo‗yicha unumdorlikni baholash
Avval hisoblash tizimlari unumdorligining (quvvatini) taxmniy o‗lchov
birligi sifatida ikki muhim ko‗rsatkich ishlatilar edi: markaziy
protsessorning takt
chastotasi va operativ xotira hajmi. Ushbu yondashish ko‗p bosqichli kesh,
konveyer, konveyerni yuklashni yaxshilovchi ajoyib usullar, superskalyarli
protsessorlar bo‗lmagan hisoblash tizimlarida yomon ishlamagan edi.
Lekin
kompyuter arxitekturasining keyingi rivojlanishi shuni ko‗rsatdiki, kompyuterni
quvvatini o‗lchash holati juda ham oson ish emas ekan.
Bu e‘tirozlarni [8] adabiyotdan olingan misol orqali namoyish etamiz. 1949-
yili ishlab chiqarilgan birinchi avlodning birinchi mashinasi hisoblangan EDSAC
takt chastotasi 0,5 MGs, unumdorligi sekundiga 100 arifmetik operatsiyadan iborat
bo‗lgan. 2002-yili yaratilgan Hewlett-Packard Superdome
hisoblash tizimining
markaziy protsessorlari 770 MGs chastotada ishlagan, uning unumdorligi
sekundiga 192 milliard arifmetik operatsiyani bajarishi orqali baholangan. Yaʻni
takt chastotasi ―bor yo‗g‗i‖ 1540 marta oshgan, shu bilan birga
unumdorligi deyarli
2 milliard marta oshgan. ―Qo‗shimcha o‗sish‖ ni protsessor va boshqa markaziy
qurilmalarning ko‗rsatkichlarini yaxshilanishi hisobiga ta‘minlangan emas, keng
ko‗lamda parallellikni tatbiq etish va arxitekturaviy yechimlar hisobiga, matematik
va algoritmik usullarni, shuningdek tegishli dasturiy ta‘minotning
rivojlanishi
hisobiga erishilgan albatta.
Diqqat va e‘tibor bilan qilingan tahlil shuni ko‗rsatadiki, hisoblash
tizimining unumdorligi ko‗pchilik omillarga bog‗liq:
kompyuterning shinalar tizimining razryadligi va tezlik ko‗rsatkichlariga;
tashqi xotira qurilmalarining sig‗imi va tezlik ko‗rsatkichlariga;
hisoblash tizimining tarkibiga kirgan protsessorlar o‗rtasidagi almashuvni
ta‘minlovchi qurilmalarga;