153 Oxirgi vaqtda kompyuterlarning unumdorligini testlashning to‗plamli
usullari ommalashib bormoqda, ular turli foydalanish sohalaridagi dasturlar
to‗plamiga asoslangan. Xususan, test to‗plamiga quyidagi dasturlar kirgan:
arxivlash dasturi, fizik jarayonlarni modellashtirish, rastr va uch o‗lchamli grafika,
loyihalashtirishni
avtomatizatsiyalashtirish,
multimediali
axborotlarni
kodlashtirish, o‗yin va ba‘zi dasturlar. To‗plamlarga ko‗pincha quyidagi dasturlar
kiritiladi: 7-zip, WinRAR, CPU Right Mark, Adobe Photoshop, 3DMark, PC
Mark, WebMark, VeriTest Business Winstone, VeriTest Multimedia, Content
Creation Winstone, SiSoftware Sandra, Adobe Acrobat Distiller, ABBYY Fine
Reader, DOOM.
Testlashning xohishiy tizimida kompyuterning unumdorligini baholar
ekansiz, shuni inobatga olish kerak, turli testlarda hisoblash tizimlari turli
unumdorlik ko‗rsatkichlarini beradi. Bir xil testlarda bir arxitektura boshqasidan
ustun bo‗lsa, boshqa testlarda esa yutqizishi mumkin.
Barcha mutaxassislar tan olgan, qulay, hisoblash tizimini quvvatini bir xilda baholash muammosi hozirgi kungacha qoniqarli o„z yechimini topgan emas .
Ushbu bobda muhokama qilingan masalalar bo‗yicha qo‗shimcha
ma‘lumotlarni [6], [11] manbalardan topish mumkin.
Bo‗lim bo‗yicha talabalarning o‗lchovlar to‗g‘risidagi bilimini sinash maqsadida savollar. Axborot o‘lchov birliklari-xar xil turdagi ma‘lumotlarni (tovush, matn, tasvir,
video) kompyuterda raqamlar (kodlar) ko‘rinishda saqlanadi.
Biz unlik sanoq sistemada hamma hisob kitoblarni qilsak, kompyuter esa ikkilik
sanoq sistemalarda ularni bajaradi. Shuning uchun ma‘lumotlarni minimal xajmi
BIT deb nomlanadi va 1 yoki 0 ga teng bo‘ladi. Maksimal 256 belgi bo‘lishi
mumkinligi uchun bitta belgi uchun xotirada 1 bayt xajm xotira ajratiladi 1bayt=8
bit
Ma‘lumotlar kompyuterda ikkilik sanoq tizimida va unlik-ikkilik sanoq tizimida
ifodalanadi.