157
II BO‗LIM
AXBOROT UZATISH
MUHITLARI
2.1§ Simli axborot uzatish muhitlari
Axborot o„tkazish muhiti
deb – kompyuterlar o‗rtasida axborot
almashinuvini ta‘minlovchi axborot yo‗llariga (yoki aloqa kanallariga) aytiladi.
Ko‗pchilik kompyuter tarmoqlarida (ayniqsa mahalliy tarmoqlarda) simli yoki
kabelli aloqa
kanallari ishlatiladi, vaholanki simsiz tarmoqlar ham mavjuddir.
Mahalliy tarmoqlarda ko‗pincha axborotlar ketma-ket kodda uzatiladi, yaʻni
bir bit axborot uzatilgandan so‗ngina keyingi bit uzatiladi. Tushunarliki, bunday
axborot uzatish parallel kodda axborot uzatishga
qaraganda murakkab va sekin
ishlovchi usuldir. Shuni hisobga olish kerakki, tezkor parallel usulda axborot
uzatish, ulangan kabellar (simlar) sonini uzatilayotgan
axborotning razryadlar
soniga nisbatan baravar marotaba oshadi (masalan, 8-razryadli kodda 8 marotaba
axborot yo‗li oshadi). Yuzaki qaraganda kabel kam sarf bo‗ladigandek ko‗rinadi,
aslida juda ko‗p sarf bo‗ladi. Tarmoqdagi abonentlar o‗rtasidagi masofa katta
bo‗lsa ishlatiladigan kabelning narxi kompyuter narxi
bilan barobar yoki undan
ham ko‗p bo‗lishi mumkin. 8,16 yoki 32 ta kabellarni o‗tkazishga qaraganda bir
dona kabelni o‗tkazish ancha oson. Taʻmirlash, uzilishlarni topish va tiklash ishlari
ham arzonga tushadi. Lekin bu hammasi emas. Kabelning turidan qat‘iy nazar
axborotni uzoq masofaga uzatish murakkab uzatish va
qabul qilish qurilmalarini
ishlatishni ta‘lab qiladi. Buning uchun axborotni uzatish qismida kuchli signal
hosil qilish va axborotni qabul qilish qismida esa kuchsiz signalni tiklash