158 (detektorlash) kerak. Ketma-ket uzatishda buning uchun faqat bitta uzatuvchi va
bitta qabul qiluvchi qurilma ta‘lab qilinadi. Parallel axborotni uzatishda uzatuvchi
va qabul qiluvchi qurilmalar soni esa ishlatiladigan parallel axborotni razryadlar
soniga teng bo‗ladi. Shuning uchun uzunligi uncha ko‗p bo‗lmagan (10 metrli)
tarmoqni loyihalashtirishda ko‗pincha axborotni ketma-ket uzatish usuli tanlanadi.
Axborotni parallel uzatishdagi nihoyatda muhim shart, bu har bir bitni
uzatishga mo‗ljallangan kabellar uzunligi bir-biriga deyarli teng bo‗lishligidir. Aks
holda turli uzunlikdagi kabellardan o‗tayotgan signallar o‗rtasida qabul qilish
qurilmasining kirishida vaqt bo‗yicha siljish hosil bo‗ladi. Buning natijasida
tarmoq qisman buzilish yoki butunlay ishdan chiqishi mumkin. Masalan, 100
Mbit/s axborot uzatish tezligida va bitni uzatish davri 10 ns bo‗lganda vaqt
bo‗yicha siljish 5–10 ns dan oshmasligi lozim. Bunday siljish kattaligi,
kabellarning uzunligidagi farqi 1–2 metr bo‗lganda hosil bo‗ladi. Kabel uzunligi
1000 metr bo‗lganda esa, bu kattalik 0,1-0,2% ni tashkil qiladi. Haqiqatdan ba‘zi
yuqori tezlikda ishlovchi mahalliy tarmoqlarda 2–4 talik kabel yordamida axborot
parallel uzatiladi. Berilgan tezlikni saqlab qolgan holda ancha arzon kabel ishlatish
mumkin, lekin kabelni ruxsat etilgan uzunligi bir necha 100 metrdan oshmaydi.
Misol tariqasida Fast Ethernet tarmoq segment 100 BASE-T4 keltirish mumkin.
2.1.1.O‗ralgan juftlik asosidagi kabellar Kabel ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari kabel turlarini ko‗p miqdorda
ishlab chiqaradilar. Hamma ishlab chiqariladigan kabellarni uch turga bo‗lish
mumkin:
o‗ralgan juft simli kabel (vitaya para, twisted pair), ular himoyalangan
yaʻni ekranlashtirilgan (ekranirovanniye, shielded twisted pair, stop) va
himoyalanmagan ya‘ni ekranlashtirilmagan (neekranirovanniye, unshielded twisted
pair, UTP);
koaksial kabellar (coaxial cable);