Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
146
operatsii s plavayushey tochkoy v sekundu, sekundiga suriluvchi nuqtali 
operatsiyalar). Bu holda tizimning unumdorligi haqiyqiy sonli (suriluvchi nuqtali 
o‗lchamda) axborotlar ustida bajariladigan operatsiyalar sonini, ularni bajarilish 
vaqtiga bo‗lgan nisbatiga teng. Hozirgi zamon sharoitida ko‗pincha quyidagi 
birliklar ishlatiladi: megafloplar (1Mflops = 10
6
Flops), gigafloplar (1Gflops = 10
9
Flops), terafloplar (1Tflops = 10
12
Flops). 
Bu o‗lchov birligi oldingisidan ikki xususiyat bilan farqlanadi. Birinchidan, 
Flops birligida o‗lchanganda faqat haqiqiy sonli axborotlar ustidagi amallar 
hisoblanadi, ikkinchidan, baholashda protsessorning mashina buyruqlari emas 
haqiyqiy sonlar ustida bajarilgan operatsiyalar qatnashadi. Farqi shundaki, haqiqiy 
sonlar ustida bajariladigan bitta operatsiya (masalan, ko‗paytirish yoki kvadrat 
ildiz ostidan chiqarish) turli ketma-ketlikdagi mashina buyruqlari tomonidan 
berilishi mumkin. Haqiqiy sonlar ustidagi operatsiyalarning soni faqat 
yechiladigan masalaga bog‗liq va u joriy etiladigan hisoblashlarning mashina 
dasturiga bog‗liq emas. Shuning uchun Flops birligida o‗lchash kompyuter 
unumdorligini ancha haqiqiy aks ettiradi.
Afsuski haqiqiy sonlar ustida amlga oshirilmaydigan operatsiyalarda bu 
unumdorlikni baholash tizimini qo‗llab bo‗lmaydi, chunki haqiqiy sonli 
axborotlarni ustida hisoblashlari kam bo‗lgan yoki umuman bo‗lmagan dasturlar 
(masalan, kompelyatorlar dasturi) uchun Flops birligida unumdorlik ko‗rsatkichi 
juda ham kam ekan. 
Bu usulning ham oldingi usul kabi kamchiligi mavjud, bu kamchilik 
unumdorlikni bajariladigan dasturdan jiddiy bog‗liqligida namoyon bo‗ladi. Xuddi 
oldingi holdagi kabi, bu ―tez‖ va ―sekin‖ operatsiyalar o‗rtasidagi turli nisbat bilan 
tushuntiriladi, lekin endi dasturdagi emas, yechiladigan masaladagi. Undan 
tashqari, qisqa siklli dasturlar uchun, qachonki siklning barcha buyruqlari bir 
vaqtda keshda joylasha olgan bo‗lsa, u holda mashinaning unumdorligi operativ 
xotiraga murojaat etilishi kerak bo‗lgan siklli dasturlarga nisbatan yuqori bo‗lar 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin