144 qilishga ancha oson ko‗rsatkich. Ko‗p protsessorli tizimlarda tizimga kiruvchi
alohida protsessorning qo‗shimcha ko‗rsatkichi sifatida ishlatiladi. Takt
chastotasini kompyuterning unumdorligi haqida real tasavvur hosil qilish uchun
ishlatilishi ancha mushkul, chunki ancha qo‗shimcha ko‗pchilik omillarni bilish
kerak bo‗ladi, masalan, bitta mashina buyrug‗iga to‗g‗ri keladigan taktlarni
o‗rtacha sonini, konveyerning bosqichlar sonini, superskalyarli protsessordagi
funksional bloklarning sonini, keshning barcha bosqichlar ko‗rsatkichini va
hokazo. Bu omillarning barchasini bir vaqtda hisobga olish juda qiyin masala. Takt
chastotasi, ayiniqsa, ko‗p protsessorli hisoblash tizimlarining unumdorligi haqida
sust tasavvur beradi.
1.6.2. Cho‗qqi va real unumdorlik Hisoblash tizimlarining unumdorligini ko‗p baholash usullari uchun
cho„qqi (eng yuqori nuqta) va
real tushunchalari ishlatiladi. Cho‗qqi unumdorlik–bu
nazariy yo‗l bilan olingan hisoblash tizimining unumdorligini yuqori bahosi, real
unumdrolik esa tajriba yo‗li orqali real dasturlarni bajarish vaqtida olinadi.
Cho‗qqi unumdorlikni hisoblashda, dasturni bajarishda kompyuterning barcha
qurilmalari o‗z imkoniyatlarini maksimal darajada ishlatadilar, deb faraz qilinadi.
Cho‗qqi unumdorlikka deyarli yaqin kelish mumkin, ammo unga real sharoitda
erishib bo‗lmaydi. Cho‗qqi unumdorlik so‗zsiz har bir hisoblash tizimi uchun
hisoblanadi, biroq u aniq masalalar uchun erishish mumkin bo‗lgan aniq
ko‗rsatkich bilan sust bog‗langan, u ba‘zi masalalar uchun 90% bo‗lishi mumkin,
boshqa masalalar uchun esa faqat 5–10% bo‗lishi mumkin.