Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
202
topologiyasida tarmoq uzunligini oshirish uchun ko‗pincha bir necha segmentlar 
ishlatiladi (har bir segment alohida shinani tashkil qiladi), bu sigmentlar o‗zaro 
maxsus signalarni tiklovchi qurilma–repiterlar, yoki takrorlovchi qurilmalar orqali 
ulanadi (3.4– rasmda ikki segment ulanishi ko‗rsatilgan). Lekin bu usulda tarmoqni 
uzunligini cheksiz oshirib bo‗lmaydi, chunki aloqa yo‗lida signalni tarqalish 
tezligining chegarasi mavjuddir. 
3.4-rasm. Repiter yordamida segmentlarni «Shina»ga ulash. 
«Yulduz»
topologiyasi - bu markazi aniq mavjud topologiya bo‗lib, bu 
markazga barcha abonentlar ulanadi. Barcha axborot almashinuvi faqat markaziy 
kompyuter orqali amalga oshiriladi, shuning uchun u tarmoqqa xizmat ko‗rsatadi 
va bu kompyuterning yuklamasi juda yuqoridir. Markaziy kompyuterning tarmoq 
qurilmalari tashqi abonentlarning qurilmalariga nisbatan keskin ko‗p bo‗ladi. 
Abonentlarning bu hol uchun teng huquqligi haqida so‗z ham yuritib o‗tirilmaydi. 
Odatda aynan markaziy kompyuter eng ko‗p quvvatga ega bo‗ladi, sababi axborot 
almashish vazifasini boshqarish faqat shu kompyuter orqali amalga oshiriladi. 
«Yulduz» topologiyali tarmoqlarda hech qanday konflikt holat bo‗lishi mumkin 
emas, chunki boshqarish markazlashtirilgan. Konflikt holatga o‗rin yo‗q. Yulduzni 
Repiter 


 
203
kompyuterlarning buzilishiga barqarorligi haqida so‗z yuritadigan bo‗lsak, taʻshqi 
kompyuterlardan birining buzilishi tarmoqda ishlayotgan kompyuterlarga ta‘sir 
qilmaydi, lekin markaziy kompyuterning har qanday buzilishi tarmoqni butunlay 
ishdan chiqishiga olib keladi. Kabellardan birortasida uzilish yoki qisqa to‗qnashuv 
ro‗y bersa, «Yulduz» topologiyasida faqat bitta kompyuterda axborot almashinuvi 
to‗xtaydi, qolgan hamma kompyuterlar odatdagicha ishini davom ettirishi mumkin. 
Shinadan farqli yulduzda har bir aloqa yo‗lida faqatgina ikkita abonent bo‗ladi: 
markaziy va tashqi kompyuterlardan biri. Ko‗pincha kompyuterlarni ulash uchun 
ikkita aloqa yo‗li ishlatiladi, ulardan har biri axborotni faqat bir tarafgagina 
uzatadi. Shunday qilib, har bir aloqa yo‗lida faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul 
qiluvchi qurilma ishlatiladi. Bu holat tarmoq qurilmalarini «Shina» topologiyasiga 
nisbatan sezilarli darajada kamaytirishga olib keladi va qo‗shimcha tashqi 
terminatorlardan foydalanishga ham hojat qolmaydi. «Yulduz»da signallarni aloqa 
yo‗lida so‗nish muammosi ham «Shina»ga nisbatan oson hal bo‗ladi, chunki har 
bir signalni qabul qiluvchi qurilma bir xil amplitudali signalni qabul qiladi. 
«Yulduz» topologiyasining jiddiy kamchiligi shundan iboratki, unga ulanadigan 
abonentlar soni chegaralangan. Odatda markaziy abonent 8–16 tadan ko‗p 
bo‗lmagan tashqi abonentlarga xizmat ko‗rsata oladi. Ko‗rsatilgan cheklanish 
oralig‗ida qo‗shimcha abonentlarni ulash ancha oddiy bo‗lsa, qo‗yilgan 
cheklanishdan ortiq bo‗lgan hollarda abonent ulash imkoni yo‗q. Ba‘zi hollarda 
yulduzsimon ulanishni kengaytirish imkoni mavjud, agarda tashqi abonentlardan 
birining o‗rniga markaziy abonent ulansa, natijada o‗zaro ulangan bir necha 
yulduzlardan tashkil topgan topologiya hosil bo‗ladi. 9.2– rasmda keltirilgan 
«yulduz» topologiyasi aktiv «yulduz» deb ataladi, 9.5– rasmda keltirilgan rasm 
passiv «yulduz» topologiya bo‗lib, u faqat tashqi ko‗rinishdangina yulduzga 
o‗xshashdir. 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin