Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
204
3.5 – rasm. «Passiv yulduz» topologiyasi. 
Hozirgi vaqtda passiv «yulduz» topologiyasi aktiv «yulduz» topologiyasiga 
nisbatan ko‗p tarqalgan.
Hozirgi kunda eng ko‗p tarqalgan va taniqli Internet tarmog‗ida ham passiv 
«yulduz» topologiyasidan foydalanilgan. Passiv «yulduz» topologiyasidan 
foydalaniladigan tarmoq markazida kompyuter emas, balki konsentrator, yoki xab 
(hub) o‗rnatiladi, bu qurilma repitr bajargan vazifani bajaradi. Konsentratorning 
(xab) vazifasi o‗tayotgan signalni tiklab, ularni boshqa aloqa yo‗llariga uzatishdan 
iborat. Vaholanki, kabellarni o‗tkazilishi aktiv yulduzsimon bo‗lsa hamki, 
haqiqatda esa biz shina topologiyasiga to‗qnash kelamiz,chunki axborot har bir 
kompyuterdan bir vaqtning o‗zida barcha qolgan kompyuterlarga uzatiladi, lekin 
markaziy abonent mavjud emas. Tabiiyki, passiv yulduz oddiy shinadan qimmatga 
tushadi, chunki bu holda albatta konsentratordan foydalanish shart. Biroq bu 
topologiya bir qator qo‗shimcha yulduzsimon topologiyada mavjud, shuning uchun 
oxirgi vaqtda passiv yulduz aktiv yulduz topologiyali tarmoqlarni siqib 
chiqarmoqda. Aktiv yulduz va passiv yulduz topologiyalarining oralig‗idagi 
Konsentrator 


 
205
topologiya ham mavjud. Bu holda konsentrator o‗ziga kelayotgan signalni faqat 
tiklabgina qolmay, axborot almashinuvini ham boshqaradi, lekin o‗zi axborot 
almashishda ishtirok etmaydi.
Yulduz topologiyasining katta afzalligi shundan iboratki, hamma ulanish 
nuqtalari bir joyda jamlangandir. Bu xususiyati tufayli tarmoq ish faoliyatini oson 
nazorat qilishga, nosozliklarni u yoki bu abonentni tarmoq markazidan oddiy uzib 
qo‗yib tuzatishga (bu holatni shinada amalga oshirib bo‗lmaydi), tarmoqni hayotiy 
muhim nuqtalaridan begona abonentlarni ulash imkoniyatini chegaralash kabi 
qulayliklarni beradi. Yulduz ulanish holatida har bir tashqi abonent kompyuteriga 
bitta axborotni ikki tomonga uzatish va ikkita (axborot har bir kabeldan faqat bir 
tomonga uzatiladi) kabel ulanish imkoni mavjud. Ikkinchi holat amalda ko‗proq 
uchraydi.
«Yulduz»simon topologiyali barcha tarmoqlarning umumiy kamchiligi 
boshqa turdagi topologiyalarga nisbatan kabel ko‗p sarflanishidir. Masalan, 
«Shina» topologiyaga (3.1–rasm) nisbatan «yulduz» topologiyasida bir necha 
marotaba uzun kabel sarflanadi. Bu holat tarmoq tannarxiga sezilarli darajada ta‘sir 
qilishi mumkin.
«Halqa»
topologiyasi – bu har bir kompyuter aloqa yo‗llari faqat ikkita 
boshqa kompyuter bilan ulanib, biridan faqat axborot oladi va ikkinchisiga faqat 
axborot uzatadi. Har bir aloqa yo‗llarida «Yulduz» topologiyasi kabi faqat bitta 
axborot uzatuvchi va bitta axborot qabul qiluvchi ishlatiladi. Bu holat tashqi 
terminatorlardan voz kechish imkonini beradi. «Halqa» topologiyasining muhim 
xususiyati shundan iboratki, har bir kompyuter o‗ziga kelgan signallarni tiklaydi, 
ya‘ni repiter vazifasini ham bajaradi, shuning uchun butun halqa bo‗ylab signalni 
so‗nish muammosi bo‗lmaydi. Muhimi halqadagi ikki kompyuter o‗rtasidagi 
so‗nishdir. Bu holatda aniq ajratilgan markaz yo‗q, tarmoqdagi hamma 
kompyuterlar bir xil bo‗lishi mumkin. Ko‗pincha halqada maxsus abonent ajratilib, 
u axborot almashinuvini boshqaradi yoki nazorat qiladi. Malumki, tarmoqda 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin