217
qurilmasiga xato uzatilgan paketlarni qaytadan uzatishni boshqarish amalga
oshiriladi.
Jismoniy bosqich
(Physical, fizicheskiy uroven) – bu modelni eng quyi
bosqichi bo‗lib, uzatilayotgan axborotni signal kattaligiga kodlashtiradi, uzatish
muhitiga qabul qilishni va teskari kodlashni amalga oshirishga javob beradi. Shu
yerda yana ulanish moslamalariga, razyomlarga, elektr bo‗yicha moslashtirish va
yerga ulanish hamda to‗siqlardan himoya qilish va hokazolarga talablar aniqlanadi.
Modelni quyi ikki bosqichning (1 va 2) vazifasini odatda qurilmalar bajaradi
(2 bosqich vazifasini bir qismini tarmoq adapterining dasturiy drayveri bajaradi).
Aynan shu bosqichlarda tarmoq topologiyasi, uzatish tezligi, axborot almashishni
boshqarish usuli va paket formati (o‗lchami) ya‘ni tarmoq turiga to‗g‗ri taalluqli
ko‗rsatkichlar aniqlanadi (Ethernet, Token-Ring, FDDI). Yuqori bosqichlar
to‗g‗ridan-to‗g‗ri biror aniq qurilma bilan ishlamaydi, vaholanki 3,4 va 5
bosqichlar qurilma xususiyatlarini hisobga olishlari mumkin. 6 va 7 bosqichlar
umuman qurilmalarga hech qanday aloqasi yo‗q. Tarmoq qurilmalaridan birini
boshqa birorta qurilma bilan o‗zgartirilgan taqdirda ham ular buni hech vaqt
sezmaydilar.
Kanal bosqichi (2-bosqich) ikki bosqich ostiga ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: