220
Markazdan tarqatilgan boshqarish usullari, bu holda markazdan boshqarish
bo‗lmaydi. Bu usullarni asosiy afzalligi: buzilishlarga barqarorligi va boshqarish
vaziyatdan kelib chiqilgan holda amalga oshirilishi. Lekin konflikt hollar bo‗lishi
mumkin, ularni hal qilish kerak.
Axborot almashish usullarini turlarga ajratishga boshqacha yondashish ham
mavjud:
Determinatsiyalangan usul aniq qoidalar orqali abonentlarni tarmoqqa
egalik qilishi almashib turadi. Abonentlarni tarmoqqa egalik qilish o‗rinlarining u
yoki bu sistemasi mavjud, bu tarmoqqa egalik o‗rinlari (prioritet) turi abonentlar
uchun turlichadir. Bu holda konflikt odatda to‗liq o‗rinsizdir (yoki ehtimoli kam),
lekin ba‘zi abonentlar o‗z navbatini ko‗p kutishiga to‗g‗ri keladi. Bu usulga,
masalan, tarmoqqa markerli ega bo‗lish, ya‘ni axborot uzatish huquqi estafeta
singari abonentdan abonentga o‗tadigan usul ham kiradi.
Tasodifiy usullar – axborot uzatuvchi abonentlarga navbat tasodifiy
ravishda beriladi deb qabul qilingan. Bu holda konflikt bo‗lish ehtimoli mavjud,
lekin uni hal qilish usuli taklif qilinadi. Tasodifiy usullar tarmoqda axborot oqimi
ko‗p bo‗lganda determinatsiyalangan usulga nisbatan yomon ishlaydi va abonentga
tarmoqqa ega bo‗lish vaqtiga kafolat bermaydi (abonentda axborot uzatishga
xohish bo‗lgan vaqtdan, o‗z paketini uzatguncha bo‗lgan vaqt oralig‗i). Tasodifiy
usulga misol – CSMA/CD.
Uchta ko‗p tarqalgan boshqarish usulini ko‗rib chiqamiz, bu usullar uchta
asosiy topologiyaga tegishlidir.
«Yulduz» topologiyasiga markazlashtirilgan boshqarish usuli ko‗proq mos
tushadi, chunki bu holda markazda nima joylashganining ahamiyati yo‗q:
kompyuter (markaziy abonent) 9.2 – rasmdagidek yoki maxsus konsentratorli
almashinuvni boshqaruvchi lekin o‗zi axborot almashishda ishtirok etmaydi (9.5 –
rasm). Aynan ikkinchi holat 100VG AnyLAN tarmog‗ida tatbiq etilgan.