224
Tarmoqqa ega bo‗lish algoritmlarining ko‗pi mavjud, yoki boshqacha qilib
aytganda ega bo‗lish senariysi, ular odatda juda murakkab bo‗ladi. Ularni tanlash
asosan, tarmoqdan uzatish tezligiga, shinaning uzunligiga, tarmoqning
yuklanganligiga (tarmoq trafikasi), uzatish kodining turiga bog‗liqdir. Shuni aytib
o‗tish kerakki, ba‘zi hollarda shinaga ega bo‗lishni boshqarish uchun qo‗shimcha
aloqa yo‗li ishlatiladi. Bu kontroller qurilmalarini va ega bo‗lish
usulini
soddalashtiradi. Lekin odatda tarmoq narxini kabellar uzunligi oshish hisobiga
sezilarli oshiradi va qabul qilish hamda uzatish qurilmalar sonini ham oshiradi.
Shuning uchun bu yechim ko‗p tarqalmaydi.
Hamma axborot uzatishni boshqarishning tasodifiy usullari ma‘nosi juda
oddiydir. Tarmoq band ekan, ya‘ni undan paket uzatilayotgan vaqtda,
axborot
uzatishni xohlagan abonent tarmoq bo‗shashini kutadi. Aks holda surilish hosil
bo‗lib ikkala paket ham yo‗qolishi mumkin. Tarmoq bo‗shagandan so‗ngina,
axborot uzatishni, xohlagan abonent o‗z paketini uzatadi. Agarda u obyekt bilan bir
vaqtda boshqa bir necha obyekt ham paket uzatsa, kolliziya
holati yuzaga keladi
(konflikt, paketlarni to‗qnashuvi). Konflikt hamma obyektlar tomonidan qayd
qilinib, axborot uzatish to‗xtatiladi va bir necha vaqtdan so‗ng paketni uzatishni
qaytadan tiklashga harakat qilinadi. Bu vaziyatda qaytatdan kolliziya holatini
yuzaga keltirish
ehtimolidan holi emas, yana o‗z paketini uzatishga urinishlar
bo‗ladi. Xuddi shunday holat paketning kolliziyasiz uzatilgunga qadar davom
etadi.
Ko‗pincha ustunlik tartibini o‗rnatish (prioritet) tizimi butkul bo‗lmaydi,
kolliziya holati aniqlangandan keyin abonentlar tasodifiy qonunga asoslangan
keyingi uzatishgacha harakatni ushlanish vaqtini tanlaydi.
Aynan shu usulda
standart CSMA/CD (Carrier Sense Multiple Access with Collision Detection)
axborot almashinuvini boshqarish usuli ishlaydi, bu usul eng ko‗p tarqalgan va
taniqli Ethernet tarmog‗ida foydalanilgan. Uning asosiy avfzalligi shundan iborat,