Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
223
so‗ng axborot uzatgan obyekt «markazga» axborot uzatib bo‗lganligi haqida xabar 
beradi va «markaz» yana obyektlardan so‗rashni boshlaydi (3.14–rasm).
Bunday boshqarishning hamma afzalliklari va kamchiliklari ham «Yulduz» 
topologiyasidagi kabidir. Faqat bitta farqi shundan iboratki, bu yerda markaz 
«aktiv yulduz» topologiyasi kabi axborotni bir obyektdan ikkinchi obyektga 
uzatmaydi u faqat axborot almashinuvini boshqaradi.
3.14–rasm. Shina topologiyali tarmoqda axborot almashinuvini 
markazlashtirilgan boshqarish usuli. 
Ko‗pincha «shina» topologiyasida markazdan tarqatilgan tasodifiy 
boshqarish usuli ishlatiladi, chunki hamma obyektlarning tarmoq adapterlari bu 
holatda bir xil bo‗ladi. Markazdan tarqatilgan boshqarish usulini to‗plaganda 
hamma obyektlar tarmoqqa ega bo‗lish huquqi baravar bo‗ladi, ya‘ni topologiya 
xususiyati bilan boshqarish xususiyatlari mos tushadi. Paketni qachon uzatish 
haqidagi qaror har bir obyekt tomonidan o‗z joyida qabul qilinadi. Paketni uzatish 
uchun qaror tarmoq holatini tahlil qilgandan so‗ngina qabul qilinadi. Bu holatda 
abonentlar o‗rtasida tarmoqqa ega bo‗lish uchun raqobat mavjuddir, shu tufayli 
ular o‗rtasida konflikt holati bo‗lishi mumkin va uzatilayotgan axborotda 
paketlarni bir-birining ustiga chiqishi tufayli surilish holati ham bo‗lishi mumkin 
(demak xatolik kelib chiqadi).
Sо‗rovlar yо‗nalishi 

М 






 
224
Tarmoqqa ega bo‗lish algoritmlarining ko‗pi mavjud, yoki boshqacha qilib 
aytganda ega bo‗lish senariysi, ular odatda juda murakkab bo‗ladi. Ularni tanlash 
asosan, tarmoqdan uzatish tezligiga, shinaning uzunligiga, tarmoqning 
yuklanganligiga (tarmoq trafikasi), uzatish kodining turiga bog‗liqdir. Shuni aytib 
o‗tish kerakki, ba‘zi hollarda shinaga ega bo‗lishni boshqarish uchun qo‗shimcha 
aloqa yo‗li ishlatiladi. Bu kontroller qurilmalarini va ega bo‗lish usulini 
soddalashtiradi. Lekin odatda tarmoq narxini kabellar uzunligi oshish hisobiga 
sezilarli oshiradi va qabul qilish hamda uzatish qurilmalar sonini ham oshiradi. 
Shuning uchun bu yechim ko‗p tarqalmaydi.
Hamma axborot uzatishni boshqarishning tasodifiy usullari ma‘nosi juda 
oddiydir. Tarmoq band ekan, ya‘ni undan paket uzatilayotgan vaqtda, axborot 
uzatishni xohlagan abonent tarmoq bo‗shashini kutadi. Aks holda surilish hosil 
bo‗lib ikkala paket ham yo‗qolishi mumkin. Tarmoq bo‗shagandan so‗ngina, 
axborot uzatishni, xohlagan abonent o‗z paketini uzatadi. Agarda u obyekt bilan bir 
vaqtda boshqa bir necha obyekt ham paket uzatsa, kolliziya holati yuzaga keladi 
(konflikt, paketlarni to‗qnashuvi). Konflikt hamma obyektlar tomonidan qayd 
qilinib, axborot uzatish to‗xtatiladi va bir necha vaqtdan so‗ng paketni uzatishni 
qaytadan tiklashga harakat qilinadi. Bu vaziyatda qaytatdan kolliziya holatini 
yuzaga keltirish ehtimolidan holi emas, yana o‗z paketini uzatishga urinishlar 
bo‗ladi. Xuddi shunday holat paketning kolliziyasiz uzatilgunga qadar davom 
etadi.
Ko‗pincha ustunlik tartibini o‗rnatish (prioritet) tizimi butkul bo‗lmaydi, 
kolliziya holati aniqlangandan keyin abonentlar tasodifiy qonunga asoslangan 
keyingi uzatishgacha harakatni ushlanish vaqtini tanlaydi. Aynan shu usulda 
standart CSMA/CD (Carrier Sense Multiple Access with Collision Detection) 
axborot almashinuvini boshqarish usuli ishlaydi, bu usul eng ko‗p tarqalgan va 
taniqli Ethernet tarmog‗ida foydalanilgan. Uning asosiy avfzalligi shundan iborat, 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin