221
Eng oddiy markazlashtirilgan usul quyidagidan iborat. O‗z paketlarini
uzatishni xohlagan abonentlar markazga o‗zining so‗rovini jo‗natadi. Markaz
paketni uzatish huquqini navbat bilan beradi, masalan, abonentlarni joylashish
holatiga qarab, soat strelkasining yo‗nalishi bo‗yicha navbat berish mumkin.
Qaysidir abonent o‗z paketini jo‗natib bo‗lgandan so‗ng, axborot jo‗natish
huquqini paket jo‗natishga so‗rov bergan (soat strelkasining yo‗nalishi bo‗yicha)
keyingi joylashgan abonentga beriladi (3.13 – rasm).
3–rasm. Yulduz topologiyali tarmoqda axborot almashinuvini
markazlashtirilgan boshqarish usuli.
Bu holatda abonent geografik ustunlikka ega deyiladi (ularni jismoniy
joylashishiga binoan).
Har bir aniq vaqtda eng katta ustunlikka, joylashishda keyingi o‗rinda turgan
abonent egalik qiladi, lekin to‗liq so‗rov sikli oralig‗ida hech bir abonent boshqa
abonentdan ustunlikka ega emas. Hech kim o‗z navbatini juda ham ko‗p kutib
qolmaydi. Bu vaziyatda xohlagan abonent uchun tarmoqqa ega bo‗lish uchun eng
ko‗p vaqt kattaligi, hamma abonentlar uzatgan paketga ketgan vaqt kattaligiga teng
Sо‗rovlar yо‗nalishi
М
1
2
3
4
5
222
bo‗ladi, albatta birinchi uzatayotgan abonentdan tashqari 3.13–rasmda ko‗rsatilgan
topologiya uchun to‗rtta paket uzunligiga sarf bo‗ladigan vaqt kattaligiga tengdir.
Bu usulda hech qanday paketlar to‗qnashuvi bo‗lishi mumkin emas, chunki
tarmoqqa egalik qilishning yechimi bir joyda hal qilingan.
Markazdan boshqarishning boshqacha usuli ham bo‗lishi mumkin.
Bu holda markaz hamma tashqi abonentlarga navbat bilan so‗rov jo‗natadi
(boshqarish paketini). Qaysi tashqi qurilma (birinchi so‗ralgan) axborot jo‗natishni
xohlasa, javob jo‗natadi (yoki axborotni birdaniga uzatishni boshlab yuboradi).
Axborot almashinuvi shu abonent bilan davom ettiriladi. Bu aloqa tamom bo‗lgach
markaziy abonent tashqi abonentlarni aylana bo‗yicha navbatma-navbat so‗rov
qiladi. Agarda markaziy abonent axborot uzatishni xohlab qolsa, u hech qanday
navbatsiz qaysi abonentni xohlasa shu abonentga axborot uzatadi.
Birinchi va ikkinchi hollarda hech qanday konflikt bo‗lishi mumkin emas
albatta (hamma masalani yagona markaz qabul qiladi, u hech qaysi abonent bilan
konflikt holatiga o‗tmaydi). Agarda barcha abonentlar aktiv bo‗lib, axborot
uzatishga so‗rovlar chastotasi yuqori bo‗lgan taqdirda ham ular aniq navbat bilan
axborot uzatadilar. Lekin markaz yuqori darajada puxta bo‗lishi kerak, aks holda
hamma axborot almashinuvi to‗xtaydi. Markaz aniq o‗rnatilgan algoritm bo‗yicha
ishlagani uchun, boshqarish mexanizmi o‗zgarmasdir. Yana boshqarish tezligi
uncha yuqori emas. Hatto bir abonent doimiy ravishda axborot uzatganda ham u
baribir kutishga majbur, chunki markaz qolgan abonentlarni hammasini so‗rab
chiqishi kerak.
«Shina»
topologiyasida ham
xuddi «Yulduz» topologiyasi kabi
markazlashtirilgan boshqarishni amalga oshirish mumkin. Bu holda abonentlardan
biri («markaziy») hamma qolgan tashqi obyektlarga so‗rov jo‗natadi, qaysi bir
obyekt axborot uzatish xohishi borligini aniqlash uchun. Shundan so‗ng
obyektlardan biriga axborot uzatishga ruxsat beriladi. Axborot uzatib bo‗lgandan
|