228 Biz bu yerda bir yo‗nalishli tarmoqni ko‗rib o‗tamiz, chunki bu turdagi tarmoq
ko‗p tarqalgandir.
«Halqa» topologiyali tarmoqqa turli markazlashtirilgan boshqarish usulini
(yulduz kabi) qo‗llash mumkin, xuddi shuningdek tarmoqqa tasodifiy ega bo‗lish
usulini (shina kabi) qo‗llash mumkin, lekin ko‗pincha halqa xususiyatiga aynan
mos keluvchi boshqaruvining maxsus usulini tanlashadi. Bu hol uchun eng ko‗p
tanilgan boshqarishni marker (estafeta) usuli, ya‘ni maxsus ko‗rinishdagi katta
bo‗lmagan boshqarish paketidan foydalaniladi. Aynan halqa bo‗ylab estafeta
ravishda uzatish tarmoqqa ega bo‗lish huquqini bir abonentdan keyingi abonentga
beradi. Marker usullari markazdan tarqatishga va determinatsiyalangan tarmoqda
axborot almashinuvini boshqarish usullariga kiradi. Ularda aniq ajratilgan markaz
yo‗q, lekin aniq o‗rnatilgan tartib sistemasi mavjud va shuning uchun konflikt
holat yuzaga kelmaydi.
Halqa topologiyali tarmoqda markerli boshqarish usulini ishlashini ko‗rib
chiqamiz (11.6–rasm).
Halqa bo‗ylab uzluksiz maxsus paket marker yuradi, u abonentlarga o‗z
paketlarini uzatish huquqini beradi. Abonentlarni harakat qilish algoritmi
quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
1.
O‗z paketini uzatishni xohlagan 1–abonent bo‗sh markerni o‗ziga
kelishini kutishi kerak. Shundan so‗ng markerga o‗z paketini qo‗shadi, markerni
band deb belgilaydi va uni halqada o‗zidan keyinda joylashgan abonentga
jo‗natadi.
2.
Hamma abonentlar (2,3,4) paket ulangan markerni qabul qilib, paket
ularga manzillanganligini tekshiradilar. Agar peket ularga manzillangan bo‗lmasa,
u holda olingan marker-paketni halqa bo‗ylab uzatib yuboradilar.
3.
Agarda qaysidir abonent (bizning holimizda 3–abonent bo‗lsin) paketni
o‗ziga manzillanganini tanisa, u bu paketni qabul qilib oldi, markerda axborot