222
bo‗ladi, albatta birinchi uzatayotgan abonentdan tashqari 3.13–rasmda ko‗rsatilgan
topologiya uchun to‗rtta paket uzunligiga sarf bo‗ladigan vaqt kattaligiga tengdir.
Bu usulda hech qanday paketlar to‗qnashuvi bo‗lishi
mumkin emas, chunki
tarmoqqa egalik qilishning yechimi bir joyda hal qilingan.
Markazdan boshqarishning boshqacha usuli ham bo‗lishi mumkin.
Bu holda markaz hamma tashqi abonentlarga navbat bilan so‗rov jo‗natadi
(boshqarish paketini). Qaysi tashqi qurilma (birinchi so‗ralgan) axborot jo‗natishni
xohlasa, javob jo‗natadi (yoki axborotni birdaniga uzatishni boshlab yuboradi).
Axborot almashinuvi shu abonent bilan davom ettiriladi. Bu aloqa tamom bo‗lgach
markaziy abonent tashqi abonentlarni aylana bo‗yicha navbatma-navbat so‗rov
qiladi. Agarda markaziy abonent
axborot uzatishni xohlab qolsa, u hech qanday
navbatsiz qaysi abonentni xohlasa shu abonentga axborot uzatadi.
Birinchi va ikkinchi hollarda hech qanday konflikt bo‗lishi
mumkin emas
albatta (hamma masalani yagona markaz qabul qiladi, u hech qaysi abonent bilan
konflikt holatiga o‗tmaydi). Agarda barcha abonentlar aktiv bo‗lib, axborot
uzatishga so‗rovlar chastotasi yuqori bo‗lgan taqdirda ham ular aniq navbat bilan
axborot uzatadilar. Lekin markaz yuqori darajada puxta bo‗lishi kerak,
aks holda
hamma axborot almashinuvi to‗xtaydi. Markaz aniq o‗rnatilgan algoritm bo‗yicha
ishlagani uchun, boshqarish mexanizmi o‗zgarmasdir. Yana boshqarish tezligi
uncha yuqori emas. Hatto bir abonent doimiy ravishda
axborot uzatganda ham u
baribir kutishga majbur, chunki markaz qolgan abonentlarni hammasini so‗rab
chiqishi kerak.
«Shina»
topologiyasida ham
xuddi «Yulduz»
topologiyasi kabi
markazlashtirilgan boshqarishni amalga oshirish mumkin. Bu holda abonentlardan
biri («markaziy») hamma qolgan tashqi obyektlarga so‗rov jo‗natadi, qaysi bir
obyekt axborot uzatish xohishi borligini aniqlash uchun. Shundan so‗ng
obyektlardan biriga axborot uzatishga ruxsat beriladi. Axborot uzatib bo‗lgandan