O`zgarmas tok dvigateli hamda asinxron, sinxron va qadam elektrodvigateli avtomatlashtirilgan elektr yuritmalar. Reja: Asinxron elektrodvigatelli avtomatlashtirilgan elekltr yuritma



Yüklə 252 Kb.
səhifə1/2
tarix17.03.2023
ölçüsü252 Kb.
#88382
  1   2
ozgarmas tok dvigateli hamda asinxron (1)


Aim.uz

O`zgarmas tok dvigateli hamda asinxron, sinxron va qadam elektrodvigateli avtomatlashtirilgan elektr yuritmalar.
Reja:
1. Asinxron elektrodvigatelli avtomatlashtirilgan elekltr yuritma.
2. O`zgarmas tok va sinxron dvigatelni avtomatik ishga tushirish.
3. Elektrodvigatellarni jadal to`xtatishni avtomatlashtirish.
Qisqa rutashtirilgan rotorli asinxron dvigatelni ishga tushirish teskariga aylantirish hamda aylantirish hamda himoyalash sxemasini ko`rib chiqamiz (1-rasm).

1-rasm. Qisqa tutashtirilgan asinxron dvigatelni avtomatik ishga tushirish, teskari aylantirish hamda himoyalash sxemasi.
Boshqarish vositalari quyidagilardan iborat: reversiv magnitli ishga tushirgich, knopkalar, issiqlik relelari, saqlagichlar, uzgichlar. Uzgich ulangandan so`ng sxema ishga tayyor holatda keladi. “OL” knopka ezilishi bilan “OL” kontaktori g`altagi ulanadi. U ishga tushib o`zini kuch kontaktori bo`lgan “OL” kontaktlarini ulab dvigatelni tarmoqqa ulaydi. Shu vaqtda uni blok kontankti BK ulanib qoladi va shu bilan “OL” knopkasi blokirrovka qilinadi. Dvigatelni to`htatish uchun “to`xt” knopkasi eziladi. Natijada “OL” kontaktor g`altagi zanjiri ulanadi, dvigatel tarmoqdan uzilib to`xtaydi. “OL” va “OR” g`altaklari zanjirlarida mexanik aloqa mavjudligi evaziga bir paytni o`zida “ol” va “or” knopkalarini ezilishi mumkin emas.
Dvigatelni uzoq vaqt ortiqcha yuklamada ishlashidan avtomatik himoyalash RT1 va RT2 bimetall issiqlik relelari orqali bajariladi. Ularni ajraluvchi kontaktlari ta`minlovchi manbaa zanjiriga ketma-ket ulangan. Rele qisqa vaqt ichida sodir bo`ladigan yurg`azish toklaridan ishlab ulgurmaydi. Ortiqcha yuklamada rele ishga tushib dvigatelni tarmoqdan ajratib qo`yadi. Bimetall plastinka sovigandan so`ng kontaktlarni avvalgi holatiga qaytarish, buzishlar bartaraf etilgandan so`ng qo`l orqali bajariladi.
Dvigatellarni qisqa tutashuv tokidan eruvchan saqlagichlar himoya qiladi. Yurg`azish toklarida ular ishga tushmaydi. Sxemada tarmoq kuchlanishi yo`qolib qayta tiklanganda, hamda kuchlanish ma`lum miqdordan pasayib ketganda dvigatel tarmoqdan uzib qo`yiladi.
Dvigatelni reostatli sihga tushirishni avtomatlashtirish. Reostatli ishga tushirishni avtomatlashtirishdan asosiy maqsad ishga tushirish reostatini qismlarini shunday chiqarib tashlashki, bunda yurg`azishdagi tok va momentlarni yuqori va pastki miqdorlari berilgan qiymatlar chegarasida bo`lish kerak. Reostatli ishga tushirishni avtomatlashtirish yoki tok, yoki vaqt, yoki tezlik, yoki yo`l bo`yicha bo`lishi mumkin.
Yakor tezligi bo`yicha o`zgarmas tok dvigatelini ishga tushirib yuborishni avtomatlashtirish. 2-rasmda parallel qo`zg`otishli dvigatelni tezlik bo`yicha ishga tushirish sxemasi ko`rsatilgan. Yurg`azish reostati ikki pog`onaga ega. Ikki tezlanish kontaktlarini g`altaklari 1У va 2У dvigatel yakor qisqichlariga ulangan. G`altaklardagi kuchlanish yakor EYUKga proporsional. Kontaktlar ma`lum yakor tezligiga tog`ri keladigan kuchlanishlarda ishga tushirishga moslangan bo`ladi. “Yurg`” knopkasini ezib kontaktor L orqali yurg`azish reostati to`la kiritilgan holda dvigatel yuqori tarmoqqa ulanadi. Dvigatel tezligi oshgan sari yakordagi EYUK va kuchlanish orta boshlaydi.

2-rasm. O`zgarmas tok dvigatelini tezlik bo`yicha reostatli ishga tushirishni avtomatlashtirilgan sxemasi.
Ma`lum tezlikda kontaktor 1У ishga tushadi va uni kontaktlari birinchi pog`ona reostani tutashtiradi. Keyingi tezlikni oshishida kontaktor 2У ishga tushib uni kontaktlari reostatni ikkinchi pog`onasini tutashtiradi.
Sinxron dvigatelni avtomaik ishga tushirib yuborish. 3-rasmda sinxron dvigatelni asinxronli ishga tushirib yuborish sxemasi ko`rsatilgan.

3-rasm. Sinxron dvigatelni asinxronli ishga tushirib yuborish sxemasi.


“Yurg`” knopkasi ezilishi bilan kontaktor L stator cho`lg`amini tarmoqqa ulaydi.
Rotorga joylashtirilgan maxsus “oy katak” tipidagi cho`g`am evaziga rotor aylana boshlaydi. Razryadlovchi rezistorga ulangan rotor cho`lg`amlarida aylanuvchi maydon avvaliga katta EYUK induksiyalaydi (chastotasi tarmoq chastotasiga teng bo`lgan). Bu zanjirda kechikish bilan kontakt L ulanadi. (bu vaqtda RN kontakti ochiq) Rotor tezligi sinxron tezlikka yaqinlashganda (sirpanish koeffisienti  ) RN relesi yakori qaytib kontaktor B zanjirdagi RN kontaktni ulaydi. U razryadlovchi resistor R ni uzib rotorni qo`zg`atish cho`lg`amini o`zgarmas tok manbaiga ulab qo`yadi. Dvigatel sinxronizmga kirib sinxron dvigatel kabi ishlay boshlaydi.
Dvigatellarni dinamik jadal to`xtatishni avtomatlashtirish tezlik yoki vaqt bo`yicha bo`lishi mumkin.
O
`zgarmas tok dvigatelini tezlik bo`yicha jadal to`xtatishni ko`rib chiqamiz (4-rasm).
4-rasm. O`zgarmas tok dvigatelini dinamik jadal to`xtatishni avtomatlashtirish sxemasi.
“To`xt” knopkasi bosilishi bilan g`altak L uziladi va u yakor zanjiridagi kuch kontakti L ni ajratadi va u dinamik jadal to`xtatish relesi RT zanjirdagi blok kontakti ulaydi. Natijada u to`xtatish rezistori R yakorni ulovchi to`xtaish kontaktorini ulaydi. Yakor tezligi va EYUK kamayadi. Dvigatel to`xtaydi va yana ishga tushishga tayyor holga keladi.
Qadam elektrodvigatellari uchun ham quyida keltirilgan sxemalarni qo`llab ishga tushirish, jadak to`xtatish, teskariga aylantirish va boshqa operasiyalarni amalgam oshirish mumkin.



Yüklə 252 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin