213
3.2§ Standart tarmoq protokollari
3.2.1. ISO/OSI modeli
Kompyuterlarni tarmoqqa ulash jarayonida juda ko‗p operatsiyalar amalga
oshiriladi, ya‘ni kompyuterdan kompyuterga axborotlarni uzatilishi to‗liq
ta‘minlanadi. Qandaydir ilovalar bilan ish olib borayotgan foydalanuvchiga nima
qanday amalga oshirilayotganligining farqi yo‗q albatta. Uning uchun faqat boshqa
ilovaga ega bo‗lish yoki tarmoqqa joylashgan boshqa kompyuter resurslariga ega
bo‗lish mavjuddir xolos. Aslida esa hamma uzatilayotgan axborot ko‗p ishlov
berish bosqichlaridan o‗tib boradi. Avvalambor u bloklarga ajratilib har biri
alohida boshqarish axboroti bilan ta‘minlanadi. Hosil bo‗lgan bloklar paket sifatida
jihozlanadi, bu paketlar kodlashtiriladi, shundan so‗ng elektr signallari yoki
yorug‗lik signali yordamida tanlangan ega bo‗lish usulida tarmoq orqali uzatiladi,
ya‘ni qabul qilingan paketni qaytadan bloklangan axborotlari tiklanib, bloklar
axborotlar ko‗rinishida ulanadi va shundan so‗ngina boshqa ilovaga foydalanish
uchun tayyor bo‗ladi. Bu albatta bo‗ladigan jarayonni ancha soddalashtirib bayon
qilinishi. Aytib o‗tilgan ishlarning bir qismi, albatta dasturlar yordamida amalga
oshirilsa, boshqa qismi esa qurilmalar ishtirokida bajariladi.
Butun sanab o‗tilgan va bajarilishi lozim bo‗lgan axborotga ishlov berish
amallarini (protseduri) bir-biri bilan muloqot qiluvchi bosqich va bosqich ostiga
bo‗lishni aynan tarmoq modellari bajarishi lozimdir. Bu modellar tarmoq
tarkibidagi abonentlar o‗rtasidagi muloqotni va turli tarmoqlar o‗rtasidagi turli
bosqichdagi muloqotni to‗g‗ri tashkil qilish imkoniyatini yaratadilar. Hozirgi
vaqtda eng ko‗p ishlatiladigan va tanilgan OSI (Open System Interchange) ochiq
tizimda axborot almashinuvini etalon modeli. Bu holatda «ochiq tizim» atamasi
|