197
bo‗lishi mumkin bo‗lgan nosozliklarni tuzatish va tarmoqni ishlashini nazorat
qiluvchi, ya‘ni tarmoqning boshqaruvchisi ma‘mur (administrator) bo‗lishi kerak.
Tarmoq kompyuterni joyidan ko‗chirilishini chegaralaydi, aks holda ulash uchun
kabellar o‗tkazish lozim bo‗ladi, bundan tashqari, tarmoq viruslarni tarqalishi
uchun qulay muhitga egadir, shuning uchun alohida kompyuterlarga qaraganda
himoya masalalariga katta eʻtibor berilishi lozim.
Shu mavzu doirasida tarmoq nazariyasining muhim tushunchalaridan
bo‗lgan server va mijoz tushunchalarini ham ko‗rish darkordir.
Server –
tarmoq abonenti bo‗lib, u o‗z resurslarini boshqa abonentlarga
foydalanishga berib, lekin o‗zi boshqa abonentlar resurslaridan foydalanmaydi,
ya‘ni faqat tarmoqqa ishlaydi. Tarmoqda server bir nechta bo‗lishi mumkin.
Ajratilgan server-bu server faqat tarmoq masalalari uchun xizmat qiladi.
Ajratilmagan server tarmoqqa xizmat ko‗rsatishdan tashqari boshqa masalalarni
ham hal qilishi mumkin.
Mijoz
– faqat tarmoq resurslaridan foydalanib, tarmoqqa o‗z resurslarini
ajratmaydigan tarmoq abonentiga aytiladi, ya‘ni tarmoq unga xizmat qiladi.
Kompyuter – mijoz ham ko‗pincha ish stansiyasi deyiladi. Odatda har bir
kompyuter bir vaqtning o‗zida ham mijoz va shuningdek, server bo‗lishi mumkin.
Ko‗pincha server va mijozni kompyuterni o‗zi deb tushunilmaydi, bu kompyuterda
ishlatilayotgan dasturiy ilovalarni tushuniladi. Bu holda tarmoqqa o‗z resurslarini
berayotgan ilova serverdir, faqat tarmoq resurslaridan foydalanayotgan ilova esa
mijozdir.
198
3.1.1. Mahalliy hisoblash tarmoq topologiyasi
Kompyuter tarmog‗ining topologiyasi (joylashtirilishi, tuzilishi, tarkibi)
deganda odatda biz bir-biriga nisbatan kompyuterlar tarmoqda joylashganligi va
aloqa yo‗llarini ulash usullarini tushunamiz. Muhimi shundaki, topologiya
tushunchasi avvalambor mahalliy tarmoqlargagina tegishlidir, chunki bu
tarmoqlarda aloqaning tuzilishini osongina kuzatish imkoni mavjud.
Global tarmoqlarda esa aloqaning tuzilishi foydalanuvchidan berkitilgan va
bilish juda ham muhim emas, chunki har bir ulanish o‗zining alohida yo‗li bilan
amalga oshirilishi mumkin.
Tarmoq topologiyasi qurilmalariga qo‗yiladigan talablarni, ishlatiladigan
kabel turini, axborot almashishning bo‗lishi mumkin bo‗lgan va eng qulay
boshqarish usulini, ishonchli ishlashini, tarmoqni kengaytirish imkoniyatini
belgilaydi. Foydalanuvchida har doim ham tarmoq topologiyasini tanlash
imkoniyati bo‗lmasada, asosiy topologiyalarning xususiyatlarini, afzallik va
kamchiliklarini, balki hamma bilishi kerakdir.[10],[11]
Tarmoqni uch xil topologiyasi mavjuddir.
shina
(bus) hamma kompyuterlar bitta aloqa yo‗liga parallel ulangan va
axborot har bir kompyuterdan bir vaqtning o‗zida qolgan kompyuterlarga uzatiladi
(3.1 – rasm);
yulduz
(zvezda, star) bitta markaziy kompyuterga qolgan hamma tashqi
kompyutrlar ulanadi, har bir kompyuter alohida o‗z aloqa yo‗llaridan foydalanadi
(3.2 – rasm);
halqa
(kolso, zing), har bir kompyuter har doim axborotni faqat bitta
zanjirda joylashgan keyingi kompyuterga uzatadi, axborotni esa zanjirda bitta
|