Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
193
kompyuterlar ham axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin, lekin negadir 
bunday tashkil qilingan tarmoqni hech kim mahalliy tarmoq deb atamaydi. Ikkita 
yaqin joylashgan kompyuterlarni interfeys orqali (RS232, Centronics) kabel 
yordamida bog‗lash mumkin, yoki hatto kabelsiz infraqizil kanal yordamida ham 
kompyuterlarni bog‗lash mumkin. Lekin bunday bog‗lanish ham mahalliy tarmoq 
deb atalmaydi. Balki, mahalliy tarmoq ta‘rifi xuddi kichik tarmoq kabi bo‗lib, ko‗p 
bo‗lmagan kompyuterlarni bog‗lashdir. Haqiqatdan, mahalliy tarmoq ko‗p hollarda 
ikkitadan to bir necha o‗nlab kompyuterlarni o‗z tarkibiga oladi. Lekin, ba‘zi bir 
mahalliy tarmoqlarning cheklangan imkoniyatlari ancha yuqori bo‗lib, 
abonentlarning soni mingtagacha yetishi mumkin. Bunday tarmoqni kichik tarmoq 
deb atash balki noto‗g‗ridir.
Ba‘zi mualliflar mahalliy tarmoqni «ko‗p kompyuterlarni uzviy bog‗lovchi 
tizim» deb taʻriflashadi. Bu holda axborot kompyuterlardan kompyuterlarga 
vositachisiz va bir turdagi uzatish muhiti orqali amalga oshiriladi deb faraz 
qilinadi. Biroq hozirgi zamon mahalliy tarmoqlarida bir turdagi uzatish muhiti 
haqida gap yuritib bo‗lmaydi. Misol uchun, bir tarmoq doirasida har turdagi elektr 
kabellari va shuningdek, shisha tolali kabellar ham ishlatilishi mumkin. Axborot 
uzatishni «vositachisiz» ta‘rifi ham juda aniq emas, chunki hozirgi zamon mahalliy 
tarmoqlarida turli konsentrator, kommutator, yo‗naltirgichlar (marshrutizatori) va 
ko‗priklardan (mosti) foydalaniladi. Axborotlarni uzatish jarayonida uzatilayotgan 
axborotlarga murakkab ishlov beruvchi bu vositalarni vositachi deb qabul 
qilinadimi yoki yo‗qmi?, unchalik tushunarli emas.
Balki, foydalanuvchilar aloqa mavjudligini his qilmaydigan tarmoqni 
mahalliy tarmoq deb qabul qilinishi aniq bo‗lar. Mahalliy tarmoqqa ulangan 
kompyuterlar bir virtual kompyuter kabidir, ularning resurslari hamma 
foydalanuvchilar uchun bemalol bo‗lishi kerak bo‗lib, alohida olingan kompyuter 
resurslaridan foydalanishdan kam qulay bo‗lmasligi lozim. Bu holda qulaylik deb 
birinchi navbatda aniq yuqori tezlikda resurslarga ega bo‗lish, ilovalar orasidagi 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin