194 axborot almashinuvini foydalanuvchi sezmagan holda amalga oshirilishidir.
Bunday ta‘rifda sekin ishlovchi global tarmoq ham, keskin amalga oshiriladigan
ketma-ket yoki parallel portlar ham mahalliy tarmoq tushunchasiga to‗g‗ri
kelmaydi. Bunday ta‘rifdan kelib chiqadiki, keng tarqalgan kompyuterlarning
tezligi oshishi bilan, mahalliy tarmoq orqali uzatiladigan axborot tezligi ham
albatta oshishi kerak. Agar yaqin o‗tmishda axborot almashinish tezligi 1 – 10
Mbit/s yetarli deb hisoblangan bo‗lsa, hozirda esa o‗rtacha tezlikdagi tarmoq 100
Mbit/s tezlikda axborot uzata oluvchi tarmoq hisoblanadi. 1000 Mbit/s va undan
ham ortiq tezlikda axborot uzata oluvchi vositalar ustida ham aktiv ish olib
borilmoqda. Kam tezlikda aloqa o‗rnatish esa tarmoq shaklida ulangan virtual
kompyuterning ishlash tezligini pasaytiradi.
Shunday qilib, mahalliy tarmoqlarni boshqa har qanday tarmoqdan asosiy
farqi – yuqori tezlikda axborot almashinuvidir. Lekin bu birgina farq bo‗lib
qolmay, boshqa omillar ham muhim ahamiyatga ega.
Masalan, axborotlarni uzatishda xatolikni keskin kamaytirish lozim. Juda
tez, lekin xato axborot uzatish bema‘nilikdir, chunki uni yana qaytadan uzatish
kerak bo‗ladi va shuning uchun mahalliy tarmoqlarda albatta maxsus yuqori sifatli
aloqa vositalaridan foydalaniladi.
Yana tarmoqning asosiy texnik ko‗rsatkichlaridan biri katta yuklamada
ishlash imkoniyatidir, ya‘ni axborot almashish tezligi (yana boshqacha qilib
aytganda, katta trafik bilan). Tarmoqda qo‗llanilayotgan axborot almashinuvini
boshqaruvchi mexanizm unumli bo‗lmasa, u holda kompyuterlar axborot uzatish
uchun ko‗p vaqt navbat kutib qolishi mumkin. Navbat kelganidan so‗ng katta
tezlikda va bexato axborot uzatilsa ham, tarmoqdan foydalanuvchiga baribir
tarmoq resurslaridan foydalanish uchun maʻlum vaqt kutishga to‗g‗ri keladi.
Har qanday axborot uzatishni boshqarish mexanizmi kafolatlangan ravishda
ishlashi uchun, oldindan tarmoqqa ulanishi mumkin bo‗lgan kompyuterlar,