385
X.500 – bir necha sistemada fayl va katalog xizmati CCITT protokoli;
SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) – elektron pochta almashinuvi uchun
Internet global tarmoq protokoli;
FTP (File Transfer Protocol) – fayllar uzatish uchun Internet global tarmoq
protokoli;
SNMP (Simple Network Management Protocol) –
tarmoq monitoringi,
tarmoq qisimlarini nazorat va ularni boshqarish protokoli;
Telnet – Internet global tarmoq protokoli, u uzoqdagi
xostlarni qayd qilish
va ularda axborotga ishlov berish vazifasini bajaradi;
Microsoft SMBs (Server Message Blocks, bloki soobsheniye servera,
serverni xabar berish bloklari) va mijoz qobig‗i yoki Microsoft redirektorlari;
NCP (Novell Net Ware Core Protocol) va mijoz qobig‗i
yoki Novell
redirektorlari.
Tarmoq protokollari – manzillash, yo‗naltirish, xatoliklarni tekshirish va
qayta uzatish so‗rovlarini boshqaradi. Ularni ko‗p ishlatiladiganlari quyidagilar:
IP (Internet Protocol) – axborot uzatish uchun TCP/IP – protokoli;
IPX (Internet Work Packet Exchange) – paketlarni uzatish va yo‗naltirish
uchun mo‗ljallangan Net Ware
firma protokoli;
NW Link – IPX/SPX protokollari Microsoft firmasining tadbiqi;
Net BEUI – transpotr protokoli – u axborotlarni tegishli vaqtda uzatish va
Net BIOS ilovasi.
Shuni aytib o‗tish kerakki, protokollarni loyihalashtiruvchilar yuqorida
ko‗rsatilgan bosqichlarga har doim ham rioya qilmaydilar. Masalan, ba‘zi
protokollar OSI modelining bir necha bosqichlarining
vazifalarni bajarsa, boshqa
protokollar bir bosqichning ba‘zi vazifalarini bajaradi. Bu hol turli firma
protokollarini ko‗pincha o‗zaro mos tushmasligiga olib keladi, yana bu protokollar
o‗zi tuzgan protokol to‗plamida (stek) muvaffaqiyatli
ishlatilishi mumkin, ular u
yoki bu holda tugallangan guruh vazifalarini bajarishi mumkin. Xuddi shu tarmoq