383 yerda yana ulanish moslamalariga, razyomlarga, elektr bo‗yicha moslashtirish va
yerga ulanish hamda to‗siqlardan himoya qilish va hokazolarga talablar aniqlanadi.
5.2.2. Yordamchi protokollar va TCP/IP stek vositalari. Protokol – bu qoida va amallar to‗plami bo‗lib, aloqa olib borish tartibini
boshqaradi. Tabiyki, axborot almashinuvida qatnashayotgan hamma kompyuterlar
bir xil protokol bilan ishlashi kerak, chunki axborot uzatib bo‗lgandan so‗ng
hamma qabul qilib olingan axborotlarni avvalgi ko‗rinishga yana qaytarish kerak.
Eng quyi bosqichlarning protokollari (jismoniy va kanal), ya‘ni qurilmalarga
tegishli bo‗lganlarini yuqoridagi boblarda ko‗rib chiqdik. Xususan ularga
kodlashtirish va dekoderlash usullari kiradilar. Hozir esa biz ancha yuqori bosqich
protokollarining xususiyatlariga to‗xtalib o‗tamiz, ularning vazifalarini dasturlar
amalga oshiradilar.
Tarmoq adapteri bilan tarmoq dasturiy taminotining aloqasini tarmoq
adapterlarining drayverlari amalga oshiradilar. Drayver sharofati bilan aynan
kompyuter adapter qurilmasining hech qanday xususiyatlarni bilmasligi mumkin
(ko‗rsatkichlarni, manzilini va u bilan axborot almashish kodlarini). Drayver har
qanday turdagi adapter platasi bilan dasturiy taʻminoti muloqotini bir turli qilishga
xizmat qiladi (uni fiksatsiyalaydi). Tarmoq adapterlarini ishlab chiqaruvchilar
ularga qo‗shib tarmoq drayverlarini ham birga beradi. Tarmoq drayverlari tarmoq
dasturlariga har turdagi ishlab chiqaruvchining platasi va hatto turli mahalliy
tarmoqlar platasi bilan ham bir xil ishlashga imkon beradi (Ethernet, Arcnet,
Token-Ring). Agarda gap OSI standart modeli haqida borsa, unda drayverlar
odatda yuqori bosqich ostining vazifasini bajaradilar. Masalan, adapterning bufer
xotirasida uzatiladigan peketlarni drayverlar hosil qiladilar, tarmoq orqali kelgan
paketlarni bu xotiradan o‗qiydilar, axborot uzatishga buyruq beradilar va
kompyuterga paketni qabul qilingani haqida xabar beradilar.