389
VI-BO‗LIM TARMOQ XIZMATLARI
6.1§ Tarmoq xizmatlari
Foydalanuvchilar nuqtai nazaridan kompyuter tarmoqlari quyidagi xizmatlar
to‗plamini amalga oshiruvchi vosita bo‗lib
xizmat qiladi, ular elektron pochta,
WWW, internet-telefoniya va internet-televideniya kabilardir.
Bu xizmatlarni
ta‘minlovchi ishlar, yaʻni tarmoqning transport vazifalari foydalanuvchidan
yashirilgan, vaholanki ba‘zida havola qilinadigan xizmatlarning ba‘zi
detallariga
ta‘sir qiladilar, masalan, telefon tarmog‗i orqali Internetga ega bo‗lishning
ishonchliligi yetarli darajadan kam bo‗lganligi tufayli
veb-sahifalardagi axborotni
uzatishda TSR ning qisqa seanslarni WWW xizmatida ishlatilishiga taʻsir etadi.
Foydalanuvchiga mo‗ljallangan xizmatlardan tashqari, yana tarmoq maʻmuriga
mo‗ljallangan
xizmatlar ham bor, u xizmatlar tarmoq qurilmalarini tarkibini
o‗zgartirish va boshqarish
masalalarini hal qiladi; bu toifadagi xizmatlarga FTP,
telnet va SNMP xizmatlari kiradi. Bundan tashqari yuqorida aytib o‗tilgan
kompyuter va tarmoq qurilmalariga o‗z ishini tashkillashtirishga yordam beruvchi
DNS va DHCP xizmat ko‗rsatishlar kiradi.
6.1.1. Veb-xizmat va FTP, Telnet protokollari
World Wide Web (WWW) xizmatini kashf etilishi yoki Dunyo
o‗rgimchagini, televideniya, radio va telefonlarning kashf etilishi bilan bir qatorda
turadi. WWW sharofati bilan odamlar o‗zlariga kerakli
axborotlarga xohishiy
o‗ziga qulay vaqtda ega bo‗la oldilar. Endi bir dasta jurnallar ichidan o‗zingizga