390 kerakli maqolani topishdan ko‗ra Internetdan topish ancha qulay va oson bo‗lib
qoldi. Axborot bilan ratsional ishlashning juda ko‗p ananaviy usullari juda tez yo‗q
bo‗lib ketmoqda, masalan, kerakli axborotlarni yon yozuv daftarchasida, gazeta va
jurnallardan kerakli axborotlarni qirqib karton papka ichida saqlash, papkalardagi
xujjatlarni katalog shaklida marker yopishtirib kerakli xujjatni topishga oson
shaklda tartibga solish. Bu usullar o‗rniga yangi qog‗ozsiz Internet texnologiyasi
kirib keldi, ularning ichida eng muhimi WWW tarmoq xizmati yoki veb-xizmat
bo‗lib xizmat qiladi. Qayd qilib o‗tishimiz kerakki, WWW nafaqat har qanday
odamga kerakli axborotni tez topish va unga ega bo‗lishni ta‘minlashdan tashqari
unga ko‗p millionli Internet foydalanuvchilar auditoriyasiga o‗zining axborotini
ham e‘lon qilishga imkon beradi, masalan, o‗z fikrini, adabiy asarini, ilmiy izlanish
natijalarini, tezis va maqolalarini va boshqalarni. Aytgancha u buni tashkiliy
tashvishlarsiz va deyarli tekinga amalga oshirishi mumkin.
Biz bu xizmatning imkoniyatlari haqida ko‗p to‗xtalib o‗tirmaymiz chunki,
ko‗pchiligimiz uchun veb-saytlarni doimiy ko‗rish nafaqat odat bo‗lib qolgan,
hayot faoliyatimizning zaruriy qismi ham bo‗lib qolgandir.
Veb- va HTML-saxifalar . Internet orqali ulangan million kompyuterlar,
tasavvur qilib bo‗lmaydigan darajada ko‗p axborotlarni veb-saxifa ko‗rinishida
saqlamoqda.
Veb-sahifa yoki
veb-xujjat , odatda asosiy HTML-fayldan va boshqa
birqancha boshqa turdagi obyektlarga murojaatdan tashkil topgan: JPEG - yoki
GIF-tasvirlar, boshqa HTML-fayllar, audio yoki videofayllar.
HTML-sahifa yoki HTML-fayl, yoki
gipermatinli sahifa HTML (Hyper
Text Markup Language – yazik razmetki giperteksta – gipermatnni belgilash tili)
tilida yozilgan matndan tashkil topadi. Bu tilning paydo bo‗lish tarixi
dasturchilarning dasturchilar uchun sahifalarni dastur yordamida ekranda ko‗rishga
betlarni chiroyli bezash, yg‗ish, jihozlashlarni yaratish imkonini beruvchi vositani
yaratish bilan bog‗liqdir. Boshqacha so‗z bilan aytganda, ekranda chiroyli suratlar