Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə289/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

uzoq vaqtli ulanish
– bitta TSR-ulanishda bir necha obyektlarni uzatish, 
bunda ulanib turish vaqti veb-xizmatni tarkiblashtirishda aniqlashtiriladi

qisqa vaqtli ulanish
– bitta TSR-ulanishda faqat bitta obyektni uzatish. 
Uzoq vaqtli ulanish o‗z navbatida ikki usulda ishlatilishi mumkin: 

so„rovlarni to„xtashlar bilan ketma-ket uzatish
– yangi so‗rov faqat javob 
olingandan so‗ngina jo‗natiladi; 


 
396

konveyerli uzatish
– bu ancha samarali usul, unda keyingi so‗rov oldingi 
bir yoki bir necha so‗rovlarga javob kelguncha jo‗natiladi (eslatamiz, sirpanuvchi 
oyna usuli). Odatda sukut saqlash bo‗yicha parallellik darajasi 5 – 10 darajada 
o‗rnatiladi, lekin foydalanuvchi mijozni tarkibini tuzish vaqtida bu ko‗rsatkichni 
o‗zgartirishi mumkin bo‗ladi. 
Dinamik veb-sahifalar
. Shu vaqtgacha biz nazarda tutgan edikki, 
sahifadagi ma‘lumotlar foydalanuvchining hatti harakati natijasida o‗zgarmaydi 
deb bilar edik. Foydalanuvchi gipermatnga sichqoncha ko‗rsatkichini qo‗yib 
bosgan taqdirda u 
yangi
sahifaga o‗tadi, agarda orqaga qaytish buyrug‗ini amalga 
oshirsa, u holda yana oldingi sahifa 
o„zgarmagan 
holda ekranda hosil bo‗ladi. 
Bunday sahifalar 
statik 
deb ataladi. 
Biroq ba‘zi hollarda sahifadagi ma‘lumotlar foydalanuvchining hatti 
harakatidan so‗ng o‗zgarsa juda ham ko‗ngildagidek bo‗lar edi, masalan, 
sahifaning ma‘lum hududiga sichqoncha ko‗rsatkichini to‗g‗rilab bosilsa u yerda 
matn o‗rniga rasm paydo bo‗lsa axborotlar bazasini holatini dinamik hosil qilish 
ham statik sahifa masalani hal qila olmaydigan holatga anaʻnaviy misol bo‗la 
oladi. Masalan, ko‗p Internet magazinlar sotilayotgan mollar bazasini 
quvvatlaydilar va sotilmay qolgan mollarning sonini chiqarish veb-sahifaning 
tegishli maydonini dinamik yangilanishini talab etadi. 
Ba‘zi tashqi shartlarga bog‗liq holda o‗zgaruvchi veb-sahifalardagi 
axborotlarni ekranga chiqarilishini hosil qila olsalar, bundek veb-sahifalar 
dinamik 
deb ataladi. 
Sahifalar dinamikasiga ularni dasturlash yo‗li orqali erishiladi, buning uchun 
odatda senariylarni dasturlash tili ishlatiladi: Perl, PHP yoki JavaScript. 
Veb-sahifalarni dinamik shaklda yaratish uchun ikki guruh dasturlar mavjud: 

mijoz tarafida ishlovchi dasturlar (yani ekranda sahifalarni hosil qiluvchi 
veb-brauzer joylashgan kompyuterda); 

server tomonda ishlovchi dasturlar. 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin