396
konveyerli uzatish
– bu ancha samarali usul, unda keyingi so‗rov
oldingi
bir yoki bir necha so‗rovlarga javob kelguncha jo‗natiladi (eslatamiz, sirpanuvchi
oyna usuli). Odatda sukut saqlash bo‗yicha parallellik darajasi 5 – 10 darajada
o‗rnatiladi, lekin foydalanuvchi mijozni tarkibini tuzish vaqtida bu ko‗rsatkichni
o‗zgartirishi mumkin bo‗ladi.
Dinamik veb-sahifalar
. Shu vaqtgacha biz nazarda tutgan edikki,
sahifadagi ma‘lumotlar foydalanuvchining hatti harakati natijasida o‗zgarmaydi
deb bilar edik. Foydalanuvchi gipermatnga sichqoncha ko‗rsatkichini qo‗yib
bosgan taqdirda u
yangi
sahifaga o‗tadi, agarda orqaga qaytish buyrug‗ini amalga
oshirsa,
u holda yana oldingi sahifa
o„zgarmagan
holda ekranda hosil bo‗ladi.
Bunday sahifalar
statik
deb ataladi.
Biroq ba‘zi hollarda sahifadagi ma‘lumotlar foydalanuvchining hatti
harakatidan so‗ng o‗zgarsa juda ham ko‗ngildagidek bo‗lar edi, masalan,
sahifaning ma‘lum hududiga sichqoncha ko‗rsatkichini to‗g‗rilab
bosilsa u yerda
matn o‗rniga rasm paydo bo‗lsa axborotlar bazasini holatini dinamik hosil qilish
ham statik sahifa masalani hal qila olmaydigan holatga anaʻnaviy misol bo‗la
oladi. Masalan, ko‗p Internet magazinlar sotilayotgan
mollar bazasini
quvvatlaydilar va sotilmay qolgan mollarning sonini chiqarish veb-sahifaning
tegishli maydonini dinamik yangilanishini talab etadi.
Ba‘zi tashqi shartlarga bog‗liq holda o‗zgaruvchi
veb-sahifalardagi
axborotlarni ekranga chiqarilishini hosil qila olsalar,
bundek veb-sahifalar
dinamik
deb ataladi.
Sahifalar dinamikasiga ularni dasturlash yo‗li orqali erishiladi, buning uchun
odatda senariylarni dasturlash tili ishlatiladi: Perl, PHP yoki JavaScript.
Veb-sahifalarni dinamik shaklda yaratish uchun ikki guruh dasturlar mavjud:
mijoz tarafida ishlovchi dasturlar (yani ekranda sahifalarni hosil qiluvchi
veb-brauzer joylashgan kompyuterda);
server tomonda ishlovchi dasturlar.