395
Ba‘zi veb-serverlar unumdorligini oshirish uchun oxirgi vaqtda eng ko‗p
ishlatilayotgan sahifalarni o‗zining xotirasida keshlashni amalga oshiradilar.
Qandaydir sahifaga so‗rov kelganba server uni diskdan o‗qishdan oldin, operativ
xotiraning ―tezkor‖ buferini tekshirib ko‗radi. Sahifalarni keshlash mijoz tarafdan
ham amalga oshiriladi va shuningdek oraliq serverlarda ham (proksi-serverlarda).
Undan tashqari mijoz bilan axborot almashuvining
samarasini oshirish uchun
ba‘zida uzatiladigan sahifalarni zichlashtirish (kompressiya) yo‗li ishlatiladi.
Uzatiladigan axborot hajmini kamaytirish uchun shuningdek mijozga barcha xujjat
uzatilmay, faqat tuzatilgan qismini uzatiladi. Veb-xizmatning unumdorligini
oshirishning bu barcha usullarini NTTR protokol
vositalari orqali amalga
oshiriladi.
NTTR protokoli
. NTTR (HyperText Transfer Protocol – protokol peredachi
giperteksta - gipermatn uzatish protokoli) – bu amaliy bosqich protokoli bo‗lib, u
ko‗p jihati bilan FTP va SMTP protokollari bilan bir xil. Hozirgi vaqtda
protokolning ikki versiyasi ishlatilmoqda NTTR/1.0 va NTTR/1.1.
Xabarlar bilan almashuv odatdagi ―so‗rov-javob‖
sxemasi orqali amalga
oshiriladi. Mijoz va server standart shakldagi matnli xabarlar bilan almashadilar,
yaʻni har bir xabar bir necha qator ASCII da kodlashtirilgan oddiy matndan iborat
bo‗ladi.
NTTR-xabarlarni jo‗natish uchun TSR protokoli xizmat qiladi. Bunda TSR-
ulanishlar ikki turli xabarlar tomonidan ishlatilishi mumkn:
Dostları ilə paylaş: