397 Dastur mijoz tomonida ishlagan holda sahifa kodi veb-server tomonidan
veb-brauzerga beriladi, xuddi oddiy statik obyekt kabi, shundan so‗ng brauzer bu
kodga ishlov beradi, uning yordamida sahifadagi axborotlarni dinamik shaklga
keltirib ekranga chiqaradi.
Server qism uchun keng tarqalgan senariy tili bu – Perl, ASP, JSP va PHP.
Yana shuningdek veb-server va dastur o‗rtasida standart dasturiy interfey mavjud,
u sahifalar ichidagi axborotni dinamik shakliga keltiradi – bu umumiy shlyuzli
interfeys (Common Gateway Interface, CGI).
Telnet protokoli . Masofaviy qismni kompyuter tarmog‗i bilan transport
ulashni amalga oshiruvchi, protokollar ustidan ishlovchi masofaviy boshqarish ish
tartibi maxsus amaliy bosqich protokoli bilan quvvatlanadi. Standart va firmalar
tomonidan ishlatiladigan ko‗p sonli masofaviy boshqarish protokollari mavjut. IP-
tarmoqlar uchun bu turdagi eng eski protokol bu telnet protokolidir (RFC 854).
Telnet protokoli mijoz-server arxitekturasida ishlovchi, u foydalanuvchini
buyruq qatori ish tartibidan chegaralab alfavit-raqam terminal ishini
emulyatsiyasini ta‘minlaydi.
Taklif
etilayotgan
telnet
protokolining
himoyalanganlik
darajasi
foydalanuvchini qoniqtirmagan hollarda, himoyalanganlik darajasi yuqoriroq
bo‗lgan SSH (Secure Shell) masofaviy boshqarish protokolidan foydalaniladi.
6.1.2. Tarmoqni boshqarish tizimi va SNMP protokoli Tarmoqni boshqarish tizimi (Network Management System, NMS) – bu
dasturiy vositalar to‗plami bo‗lib, u kommunikatsion qurilmalarni boshqarish va
tarmoq trafigini nazorat qilish uchun mo‗ljallangan.
Odatda boshqarish tizimi
avtomatlashtirilgan ish tartibida ishlaydi,
avtomatik ravishda tarmoqni boshqarish bo‗yicha oddiy harakatlarni bajarib,
murakkab yechimlarini qabul qilishni esa axborot tizimlari tomonidan tayyorlagan
ma‘lumotlarni asosan mutaxassisga (odamga) qoldirar edi.