405 protokolning ishlash mantiqiga asosan taym-aut hosil qilishi mumkin va natijada
barcha boshqa so‗rovlarga serverni javob bermaydigan qilib qo‗yish mumkin.
Sir saqlash, ega bo‗lishlik va butunlikni ta‘minlash tushunchalari nafaqat
axborotga nisbatan ishlatilishi mumkin, uni hisoblash tarmog‗ining boshqa
resurslariga nisbatan ham ishlatish mumkin, masalan, tashqi qurilmalarga va
ilovalarga. Printerga cheklanmagan ravishda ega bo‗lish buzg‗unchiga bosmaga
chiqarilayotgan hujjatlarning nusxasini olish va ko‗rsatkichlarini o‗zgartirish
imkoniyatini yaratadi, bu esa ishlash navbatini o‗zgartirishga va xatto qurilmani
ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Bosma qurilmasiga joriy etilgan sir saqlash
xususiyatining tatbiq etilishini shunday deb bilish kerakki, faqat ma‘lum qurilmaga
va shu qurilmada ularga biriktirilgan operatsiyalarni bajarishga ruxsat etilgan
foydalanuvchigina ishlashi mumkin. Qurilmaga ega bo‗lish xususiyati - bu
qurilmadan foydalanishga zarurat tug‗ilgan xohishiy vaqt davomida uning ishga
tayyor ekanligini bildiradi.
Butunlikni ta‘minlash esa bu qurilmaning
ko‗rsatkichlarini o‗zgarmaslik xususiyati kabi qaralishi mumkin. Tarmoq
qurilmalarining ishlatilishini ochiqligining muhimligi shunchaki emas u
axborotlarning himoyasiga ta‘sir etadi. Qurilmalar turli xizmatlarni havola qilishi
mumkin, masalan, matnni bosmadan chiqarish, faks jo‗natish, internetga kirish,
elektron pochta va boshqalarni, ularni korxonaga iqtisodiy ziyon keltiruvchi
qonunga xilof ravishda ishlatish, shuningdek tizim xavfsizligini buzish ham
bo‗ladi.
Sir saqlashga, ega bo‗lishlikni va (yoki) butunlikni ta‘minlashni buzishga
qaratilgan har qanday hatti-harakat va shuningdek tarmoq resurslarini bekitiqchi
(ruxsatsiz, yshirincha) ishlatilishiga urinish
xavf deb ataladi.
Joriy etilgan xavf esa