407 Parolni olishning yana bir usuli – begona kompyuterga
troya otini joriy
etishdan iborat. Kompyuter egasining ixtiyoridan tashqari ishlovchi va
buzg‗unchining vazifasini bajaruvchi dasturni
troya oti deb ataladi. Xususan bu
turdagi dastur foydalanuvchi tomonidan tizimga mantiqiy kirish vaqtida kiritgan
parol kodlarini o‗qishi mumkun.
Troyali ot dasturini har doim biror bir foydali utilit yoki o‗yin bilan
niqoblanadi, lekin u tizimni buzish harakatini amalga oshiradi. Xuddi shu
tamoyilda
virus-dasturlar ham harakat qiladi, ularning farq qiluvchi tomoni esa
boshqa fayllarga ham ―yuqtirish‖ xususiyatidir, yaʻni boshqa fayllarga o‗z
nusxalarini joriy etishidir. Ko‗pincha viruslar ishlatilayotgan fayllarni
jarohatlantiradilar. Qachonki bunday bajariladigan kod operativ xotiraga bajarilish
uchun yuklanganda, u bilan birga virus o‗zining buzg‗unchilik ishini bajarish
uchun imkoniyat tug‗iladi. Viruslar axborotni jarohatlanishiga yoki butunlay yo‗q
bo‗lib ketishiga olib kelishi mumkin.
Tarmoqning ichki trafigini “eshitish” – bu tarmoqni qonunga xilof ravishda
monitoring qilish bo‗lib, tarmoq xabarlarini egallab olish va tahlillash. Trafikni
ko‗p apparat va dasturiy tahlillovilari mavjud. Ommaviy tarmoqlardan foydalanish
(gap Internet haqida bormoqda) holatni yaʻna ham jiddiylashtiradi. Haqiqatdan,
Internetda ishlash aloqa yo‗llaridan uzatilayotgan xabarlarni qonunga xilof
ravishda olish ehtimolini qo‗shadi, tarmoq tuguniga ruxsat etilmagan kirish xavfini
tug‗diradi, chunki Internetdagi juda ko‗p xakerlarning mavjudligi qonunga xilof
ravishda kompyuterga kirishga urinish ehtimolini oshiradi. Bu Internetga ulangan
tarmoqlar uchun doimiy xavf bo‗ladi.
Internetning o‗zi turli buzg‗unchilar uchun maqsad va nishon bo‗lib qoladi.
Chunki Internetni axborotlar bilan erkin almashish uchun ochiq tizim qilib
yaratilgan, amaliy jihatidan barcha TCP/IP protokol steklarida himoya qilishni
―tug‗ma‖ kamchiligi mavjud. Bu kamchiliklardan foydalangan buzg‗unchilar