Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə301/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
409
Shifrlashning zamonaviy algoritmlarida 
sirli kalit
ko‗rsatkichining 
mavjudligi inobatga olingan. Kriptografiyada Kerkxoff qoidasi qabul qilingan: 
―Shifrning chidamliligi faqat kalitning sirliligi bilan aniqlanadi‖. Shifrlashning 
barcha standart algoritmlari (masalan, DES, PGP) keng tarqalgan, ularning 
topilishi oson hujjatlarda batafsil bayoni mavjut, lekin shunga qaramay ularning 
samarasi pasaymaydi. Buzg‗unchiga shifrlash algoritmi haqida hammasi ma‘lum 
bo‗lishi mumkin, sirli kalitdan tashqari (qayd qilib o‗tish kerakki yana anchagina 
firmalarning algoritmlari mavjud, lekin ularning bayoni nashr qilinmaydi). 
Shifrlash algoritmi 
ochilgan 
hisoblanadi, qachonki aniq vaqt oralig‗ida 
kalitni tanlashga imkon beruvchi amal topilgan bo‗lsa. Ochish algoritmining 
murakkabligi kriptotizimning muhim ko‗rsatkichlaridan biri hisoblanadi va uni 
kriptochidamlilik
deb ataladi. 
Kriptotizimning ikki sinfi mavjud – simmetrik va asimmetrik. Shifrlashning 
simmetrik sxemasida (anaʻnaviy kriptografiya) shifrlashning sirli kaliti shifrdan 
chiqarishning sirli kaliti bilan mos (bir xil) keladi. Shifrlashning asimmetrik 
sxemasida (ochiq kalitli kriptografiya) shifrlashning ochiq kaliti shifrdan 
chiqarishning sirli kalitiga mos kelmaydi. 
6.4-rasmda 
simmetrik kriptotizimning
ananaviy modeli keltirilgan. Ushbu 
modelda uchta qatnashchi: jo‗natuvchi, qabul qiluvchi, buzg‗unchi. 
Jo‗natuvchining masalasi ochiq axborot kanali bo‗yicha himoyalangan ko‗rinishda 
qandaydir xabarni jo‗natishdan iborat. Buning uchun u k kalitda X ochiq matnni 
shifrlaydi va shifrlangan Y matnni uzatadi. Qabul qiluvchining masalasi esa Y 
matnni shifrdan chiqarish va X xabarni o‗qishdan iborat. Tasavvur etiladiki 
jo‗natuvchining o‗z kalit manbai bor deb. Qabul qiluvchiga hosil qilingan kalit 
ishonchli kanal orqali oldindan jo‗natiladi. Buzg‗unchining masalasi uzatilayotgan 
xabarlarni olish va o‗qishdan hamda yolg‗on xabarlarni qo‗shishdan iborat. 
Model universal bo‗lib – agarda shifrlangan xabarlar kompyuterda 
saqlanayotgan bo‗lsa va hech qayerga uzatilmasa, jo‗natuvchi va qabul qiluvchi bir 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin