408 Internet tugunlarida saqlanayotgan axborotga tobora ko‗p ruxsat etilmagan ega
bo‗lishga urinmoqdalar.
Xavfsiz tarmoqni qurish va quvvatlash tizimli yondashishni talab etadi. Bu
yondashishga mos ravishda, avvalam bor, aniq tarmoq uchun bo‗lishi mumkin
bo‗lgan xavflarning barchasini anglab yetish kerak va bu xavflarning har biri
uchun bartaraf etish siyosatini ishlab chiqish kerak. Bu kurashda turli tuman ko‗p
qirrali vosita va usullarni ishlatish mumkin va kerak albatta – taʻlim-tarbiya,
manaviy-etik va qonuniy, maʻmuriy va psixologik, tarmoqning apparat va dasturiy
vositalarning himoya imkoniyatlarini.
6.2.3. Shifrlash, sertifikat, elektron imzo Axborotlarni himoyalash
uchun mo‗ljallangan turli apparat va dasturiy
maxsulotlarda ko‗pincha bir xil yondashish, usullar va texnik yechimlar ishlatiladi.
Bundek xavfsizlikning asos texnologiyalariga audentifikatsiya, malliflashtirish,
audit va himoyalangan kanal texnologiyalari kiradilar.
Shifrlash - bu axborot xizmatlarining barcha sohalari uchun katta muammo
(ko‗p qirrali tosh), audentifikatsiya bo‗ladimi, malliflashtirish hamda audit
bo‗ladimi va himoyalangan kanal vositalarini yaratish bo‗ladimi yoki axborotlarni
xavfsiz saqlashmi barchasi uchun u ko‗p qirrali tosh.
Axborotni oddiy ―tushunarli‖ ko‗rinishidan ―o‗qib bo‗lmaydigan‖
shifrlangan ko‗rinishga o‗tkazishning har qanday amali, tabiiyki, shifrdan chiqarish
amali bilan to‗ldirilishi kerak, shifrlangan matnga tatbiq etilgandan so‗ng yana uni
tushunarli ko‗rinishga keltirish uchun. shifrlash va shifrdan chiqarish amallarining
ikkisi
kriptotizim deb ataladi.
Shifrlash va shifrdan chiqarish amallari bajariladigan axborotni shartli
ravishda ―matn‖ deb ataymiz, vaholanki u axborot sonli massiv yoki grafik
ma‘lumotlar ham bo‗lishi mumkin.