Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
44
Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) barcha arifmetik va mantiqiy 
operatsiyalarni sonli va belgili axborotlar ustida bajarish uchun mo‗ljallangan 
(kompyuterlarda operatsiyalarning bajarilishini tezlatish uchun AMQ ga 
qo‗shimcha matematik soprotsessor ulanadi). 
Mikroprotsessor xotirasi (MPX) bevosita yaqin taktlarda axborotni qisqa 
vaqt saqlash, yozish va uzatish uchun ishlatilishga mo‗ljallangan; kompyuterni 
yuqori tezlik bilan ta‘minlash uchun MPX registrlarda qurilgan, tezkor 
mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun asosiy xotira esa har doim ham zarur 
bo‗lgan axborotni yozish, qidirish va o‗qish tezligini ta‘minlab bera olmaydi. 
Registrlar–xotiraning turli uzunlikdagi tezkor yacheykalaridir (OX yacheykasidan 
farqli, ularda standart uzunligi 1 bayt va tezligi ancha kam). 
Mikroprotsessorning interfeys tizimi ShK ni boshqa qurilmalari bilan ulash 
va aloqasini tashkil etish uchun mo‗ljallangan; o‗z tarkibiga MP ning ichki 
interfeysini, buferli xotira registrlarini va kiritish-chiqarish portlarini boshqarish 
sxemalarini hamda tizimli shinani oladi. 
Interfeys (interface)–kompyuter qurilmalarining samarali muloqotini 
ta‘minlab beruvchi ulanish va aloqa vositalar majmuasi. 
Kiritish-chiqarish portlari (I/O ports)–ShK interfeys tizimining elementlari
ular orqali MP boshqa qurilmalar bilan axborot almashadi. 
Takt impulslar generatori elektor impuls ketma-ketliklarini hosil qiladi, 
uning 
chastotasi 
tizimli 
shinaning 
takt 
chastotasini 
aniqlab 
beradi. 
Mikroprotsessorning takt chastotasi ancha yuqori, u shinaning takt chastotasini N 
marta oshirilganiga teng (N chastota ko‗paytiruvchisidir). Ikkita impuls 
oralig‗idagi vaqt bitta takt vaqtini aniqlab beradi, yoki oddiy qilib mashinani 
ishlash takti deb aytiladi. Takt impulslar generatorining chastotasi shaxsiy 
kompyuterning asosiy ko‗rsatkichlaridan biri bo‗lib, ko‗pincha uning ishlash 
tezligini aniqlab beradi, chunki hisoblash mashinasida har bir operatsiya maʻlum 
taktlar sonida bajariladi. 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin