47 kamroq kassetadagi magnit tasmali xotira qurilmalari (MTXQ, strimmerlar) va
diskli magnitooptik jamlovchilar (DMOJ) ishlatilmoqda.
Energiya manbai. Energiya manbai–blok, shaxsiy kompyuterning elektr
tarmog‗idan va alohida energiya manbaidan ta‘minlash vositasi.
Taymer. Taymer–bu kompyuterning ichidagi real vaqt soati, avtomatik
ravishda hozirdagi vaqt ko‗rsatkichlarini beruvchi (yil, oy, soat, minut, sekund va
sekundning qismi). Taymer alohida elektr manbai-akkumulyatorga ulanadi va
kompyuter manbadan uzilganda ham u o‗z ishini davom ettiradi.
Tashqi qurilmalar. ShK ning tashqi qurilmalari (TQ)–har qanday hisoblash
majmuasining tarkibiy qismi, TQ ning narxi shaxsiy kompyuter narxining 80–90%
ini tashkil etishi mumkun.
Shaxsiy kompyuterning tashqi qurilmalari atrof-muhit bilan muloqotini
ta‘minlaydi: foydalanuvchilar, boshqarish obyekti va boshqa kompyuterlar bilan.
Tashqi qurilmalarga quyidagilar kiradi:
-
tashqi xotira qurilmalari (TXQ) yoki ShK tashqi xotirasi;
-
foydalanuvchining muloqot vositalari;
-
axborotni kiritish qurilmalari;
-
axborotni chiqarish qurilmalari;
-
telekommunikatsiya va aloqa vositalari.
Foydalanuvchining muloqot vositalari o‗z tarkibiga quyidagilarni oladi:
- ko‗rsatuv monitori (ko‗rsatuv terminali, displey)–shaxsiy kompyuterga
kiritilayotgan va chiqarilayotgan axborotlarni aks ettirish uchun mo‗ljallangan
qurilma;
- nutqni kiritish-chiqarish qurilmasi–multimedianing tez rivojlanayotgan
vositasi. Bular turli mikrofonli akustik tizimlar, inson tomonidan talaffuz
etilayotgan so‗z va harflarni tanishga imkon beruvchi, ularni identifikatsiyalovchi
va kodlashtiruvchi murakkab dasturiy ta‘minotga ega bo‗lgan ―tovushli
sichqonchalar‖, kompyuterga ulangan tovush karnaylari yoki dinamik orqali hosil