Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
56
qurilmasi, u konstruktiv jihatdan bitta katta integral sxemada (
KIS
) yoki juda katta 
katta integral sxema ko‗rinishida (
JKIS
) bajarilgan bo‗ladi. 
Mikroprotsessor quyidagi vazifalarni bajaradi: 

buyruq va operandalar manzilini hisoblash; 

asosiy xotiradan buyruqlarni tanlash va deshifrlash; 

OX dan, MPX registrlaridan va tashqi qurilma adapterlarining registridan 
axborotlarni tanlash; 

so‗rov va buyruqlarni adapterlardan TQ da xizmat ko‗rsatishga qabul qilish 
va ishlov berish

axborotlarga ishlov berish va ularni operativ xotiraga, mikroprotsessor 
xotirasining registrlariga va TQ adapter registrlariga yozish

ShK bloklariga va barcha boshqa qurilma qismlariga boshqarish signalini 
ishlab chiqarish; 

keyingi buyruqqa o‗tish. 
Mikroprotsessorning asosiy ko‗rsatkichlari quyidagilardan iborat: 

razryadligi; 

ishchi takt chastotasi; 

kesh-xotira sig‗imi va turi; 

ko‗rsatmalar tarkibi; 

konstruksiya elementlari; 

energiya iste‘moli; 

ishchi kuchlanishi va hokazo. 
Mikroprotsessor 
axborotlar shinasining razryadligi
operatsiyalarni bir 
vaqtda bajarishi mumkin bo‗lgan razryadlar sonini aniqlaydi; MP 
manzillar 
shinasining razryadligi
uning manzillar maydonini belgilaydi. 
Manzillar maydoni
–bu asosiy xotira yacheykalarining maksimal soni, 
mikroprotsessor tomonidan ularga bevosita manzillanishi mumkin. 


 
57
MP ning 
ishchi takt chastotasi
uning ichki tezligini aniqlab beradi, chunki 
har bir buyruq ma‘lum sonli taktlar davomida bajariladi. ShK tezligi (unumdorligi) 
ham shuningdek MP ishlovchi tizimli plata shinasining takt chastotasiga bog‗liq. 
MP platasiga o‗rnatiladigan 
kesh-xotira
ikki bosqichga ega: 

L1–1-bosqich xotirasi, MP (yadrosida) asosiy mikrosxema ichida 
joylashgan va har doim MP ning to‗liq chastotasida ishlaydi (birinchi martta L1 
kesh i486 va i386SLC mikroprotsessorlarida qo‗llanilgan). 

L2–2-bosqich xotirasi, MP platasiga joylashtirilgan kristall va yadro bilan 
ichki mikroprotsessor shinasi orqali bog‗langandir (birinchi marta Pentium Pro 
mikroprotsessorida ishlatilgan). L2 xotirasi MP ning to‗liq yoki yarim chastotasida 
ishlashi mumkin. Bu kesh-xotiraning samaradorligi mikroprotsessor shinasining 
o‗tkazish xususiyatiga bog‗liqdir. 
Ko„rsatmalar tarkibi
–MP tomonidan avtomatik ravishda bajariladigan 
ro‗yxat, buyruqlar ko‗rinishi va turi. Buyruqlar turi MPning qaysi guruhga tegishli 
bo‗lishiga bog‗liq (CISC, RISC, VLIW). Buyruqlarning ro‗yxati va turi MP da 
axborotlar ustida bevosita bajarilishi mumkin bo‗lgan amallarni va bu amallar 
tatbiq etilishi mumkin bo‗lgan axborotlar toifasini belgilab beradi. Ko‗pgina MP 
ga uncha ko‗p bo‗lmagan qo‗shimcha ko‗rsatmalar kiritilgan (286, 486, Pentium 
Pro va boshqalar), ammo ko‗rsatmalar tarkibidagi jiddiy o‗zgarishlar i386 
mikroprotsessoridan boshlandi (bu tarkib keyinchalik asos sifatida qabul qilindi), 
Pentium MMX, Pentium III, Pentium 4, Pentium D, Core Dum. 
Konstruksiya elemenlari
–MP o‗rnatishda ishlatiladigan jismoniy razyomli 
ulanishlarni aniqlab beradi va ular tizimli plataga mikroprotsessorni o‗rnatish 
uchun layoqatliligini aniqlaydi. Razyomlar turli konstruksiyaga ega (Slot–tirqishli 
razyom, Socket–uyali razyom), kontaktlar soni turlicha, ularga turli signallar va 
ishchi kuchlanishlar beriladi. 
Ishchi kuchlanishi 
ham shuningdek tizimli platani MP ni o‗rnatishga 
layoqatlilik omili bo‗lib xizmat qiladi. 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin