61 tarkibli bo‗lib, ketma-ketlikdagi buyruqlarning bajarilish taktini, ko‗p marotaba
ustma-ust bajarilishini (ikkita oddiy buyruqni birdaniga mustaqil bajarilish
imkoniyati) va boshqarishni shartli uzatish buyruqlari uchun kesh-bufer
ta‘minlaydi, u dasturning shoxlash yo‗nalishini bashorat qilish imkonini
beruvchidir; samarali tezligi bo‗yicha ular har bir buyruqni bir taktda bajaruvchi
RISC mikroprotsessorlariga yaqindir. Pentium protsessorlari 32 razryadli manzillar
shinasiga va 64 razryadli axborotlar shinasiga ega. Tizim bilan axborot almashuvi
1 Gbayt/s. tezlik bilan amalga oshirilishi mumkin.
Pentium mikroprotsessorlarining barchasida joylashtirilgan kesh-xotira,
alohida buyruqlar, axborotlar uchun 8-16 Kbayt dan va 2-bosqich joylashtirilgan
kesh-xotira kontrolleri mavjud; suriluvchi vergulli operatsiyalarni bajarilishini
jiddiy
tezlashtiradigan
maxsuslashtirilgan
konveyerli
apparatli
qo‗shish,
ko‗paytirish va bo‗lish bloki mavjud. Pentium mikroprotsessorlarining
muvaffaqiyatli arxitekturaviy yechimlari tufayli 486DX4-120 va Pentium-60
mikroprotsessorlarining unumdorligi taxminan bir xil (yaʻni arxitekturasi tufayli
unumdorligi ikki hissa oshgan).
Pentium Pro mikroprotsessorlari . 1995-yili sentabrda oltinchi avlod
mikroprotsessori 80686 (R6) ishlab chiqarilgan, savdo belgisi Pentium Pro.
Mikroprotsessor ikkita kristalldan tashkil topgan: MP va kesh-xotira. Ammo u
oddiy Pentium bilan to‗liq mos emas, xususan, unga maxsus tizimli plata talab
etiladi. Pentium Pro 32 bitli ilovalar bilan juda yaxshi ishlaydi, 16 bitlida esa oddiy
Pentium ba‘zida birmuncha yutqizadi. Yangi sxemotexnik yechimlar ShK uchun
ancha yuqori unumdorlikni ta‘minlaydi. Bu yangiliklarning bir qismi ―dinamik
bajarilish‖ (dynamic execution) nomi bilan umumlashtirilishi mumkin, birinchi
navbatda, bu ko‗p bosqichli superkonveyerli tarkib (suoerpipelining) boshqarishni
shartli o‗tkazishda dasturda shoxlanish borligining bashorati (multiple branch
prediction) mavjudligini bildiruvchi va buyruqlarni shoxlanishi bo‗lishi mumkin