73 stol usti kompyuterlarining 70% i ikki yadroli mikroprotsessorlar bilan ishlab
chiqarilgan. Ikki yadroli MP uchun maxsus razyom va chipsetli tizimli plata
zarurdir. Xususan Intel i945, 955, 965, 975, iP35, iX35, iX48 va boshqa
chipsetlarni havola qildi, ular ko‗p yadroli tarkibni va DDR xotira bilan ishlashni
quvvatlaydilar.
2005-yili fevralda Sony, Toshiba va IBM kompaniyalari tomonidan to‗qqiz
yadroli Cell (cell-yacheyka) mikroprotsessori havola qilinganligini alohida
taʻkidlab o‗tish kerak. Bu MP lar o‗sha vaqtdagi mikroelektronikaning barcha
yutuqlarnini o‗ziga mujassamlashtirgan edi: 0,09 mkm texnologiyani,
―izolyatordagi kremniy‖ (SOI), ―kuchaygan kremniy‖ (strained Si), misli
qotishmalar (Cu). To‗qqizta yadroni birlashtiruvchi kristall yuzasi–2,2 sm
2
ga teng
bo‗lgan, tranzistorlar soni esa–234 million, takt chastotasi–4 GGs va energiya
iste‘moli juda past-80 Vt bo‗lgan.
Kristallda joylashgan to‗qqizta yadrodan bitta yadro ajratilgan–Power
Processor Element (PPE), RISC MP asosida qurilgan PowerPC. PPE tarkibida
yana ikkita 64-razryadli yadroga ega, u ikki hisoblashlar oqimini bajarilishini
quvvatlaydi.
Sakkizta qolgan yadrolar vektorli protsessor bo‗lib, ularning har birini
o‗zining mahalliy xotirasi mavjud. Ular bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan holda ham,
kelishilgan holda ham o‗zaro hisoblash ishlarini taqsimlab ishlashi mumkin.
Cell mikroprotsessori ancha universal protsessor hisoblanadi, u serverlarda,
stol usti, kichik kompyuterlarda va hatto uy texnikasida ham (masalan,
televizorlarda) ishlatiladi.
Core yo‗nalishdagi mikroprotsessorlar Intel kompaniyasi yangi protsessor mikroarxitekturasini loyihalashtirdi, u
Net Burst va Centrino texnologiyasining ba‘zi komponentlarini birlashtirdi.
Bu mikroarxitektura doirasida Meron nomi bilan kodlashtirilgan yangi MP
yaratilgan (mobil ShKlar uchun), Conroe (stol usti ShKlar uchun), Wooderest va