Bunday tizimlarga ko’proq ma’lum va tipik vakil bo’lgan Applied Data Research, Inc. (ADR) kompaniyasining Datacom/DB kiradi. Bu tizim IBM va Software AG kompaniyaning Adabas firmalarining mashinalariga asoslsngan.
Ma’lumotlarga murojatni invertir ro’yxatlar asosida tashkil etish umuman barcha zamonaviy relatsion MBBT larda foydalaniladi, lekin bu tizimlarda foydalanuvchi invertir ruyxatlarga (indekslarga) to’g’ridan-to’g’ri murojaat eta olmaydi.
Invertirlangan ro’yxat yordamida tashkil qilingan ma’lumotlar bazasi relyatsion MB ga o’xshab ketadi. Ularning farqi jadvallarning saqlanishida va foydalanuvchilarning unga kirish yollaridadir. Bunda:
Sistema tamonidan fizik ketma ketlikda jadval ustunlari tartiblanandi.
Fizik tartiblanish barcha jadvallar qatori uchun aniqlanadi, jumladan barcha MB uchun ham (shunday qilinadi, masalan, Datacom/DBda).
Har bir jadval uchun indeks quriladigan istalgan kalitlar sonini izlab topish mumkin. Bu indekslar sistema tamonidan avtomatik ravishda quvvatlanadi.
Манипулирование данными
Ikkita sinf operatorlari quvvatlanadi:
Yozuv adreslarini qo’yish operatorlari. Ular ichida to’g’ridan to’g’ri izlash operatori (masalan, berilgan ruxsat yo’li bo’yicha jadvalning birinchi yozuvini topish);
Avvalgi yozuvga nisbatan ma’lum bir masofadagi yaqinlashishga mos yozuvlar terminlarida qo’llaniladigan operatorlar.
MBni butunligini aniqlashning umumiy qoidasi yo’q. Ayrim tizimlarda MBning ayrim maydonlarning unikal qiymatlari uchun cheklanishlar quvvatlanadi. Lekin bu asosan amaliy dasturlarga yuklanadi.
IBM firmasining Information Management System (IMS) tizimi tipik vakil bo’ladi. Uning birinchi versiyasi 1968 yilda paydo bo’ldi. Hozirgacha ko’pgina ma’lumotlar bazasi uni quvvatlaydi.