Ot so‘z turkumi otning grammatik kategoriyalari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə1/3
tarix02.06.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#122573
  1   2   3
OT SO‘Z TURKUMI OTNING GRAMMATIK KATEGORIYALARI

OT SO‘Z TURKUMI OTNING GRAMMATIK KATEGORIYALARI


Reja:
  • Otning ma’no guruhlari.
  • Otning grammatik kategoriyalari

Narsa-buyum, shaxslarning nomi, atamasi bo‘lgan so‘zlar turkumi so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
ot deyiladi. Otlar kim? nima? qayer?
Otlar egalik, kelishik kabi so‘z o‘zgartirish, turli ma’no va vazifa uchun qo‘llanuvchi vazifadosh shakllarga hamda o‘ziga xos so‘z yasalish tizimiga egaligi bilan ajralib turadi.
Otlarning muhim belgilaridan biri ularning sifat, son, olmosh, fe’l va ravish distributsiyasida kelishi, ya’ni ular bilan birika olishidir: katta bino, ikkinchi kurs, barcha inson, kitob o‘qimoq, ko‘p odam.
Ot gapning barcha gap bo‘lagi vazifasida qo‘llanishi mumkin. Otning bu kabi sintaktik vazifasi uning qanday grammatik shakldaligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, otning bosh shakli, ya’ni bosh kelishik, ko‘plik yoki birlik hamda egalik shakli gapda ega, Kesim kabi vazifada keladi: O‘zbekiston-mustaqil davlat. Millatim-
o‘zbek. O‘zbekistonim-onajonim.
Mustaqil so‘zlar ot turkumiga munosabati nuqtai nazardan ikki guruhni tashkil etadi: 1) ot tipidagi so‘zlar. Bu guruhga otlar kabi kim? nima? so‘rog‘iga javob bo‘lib, otga xos grammatik shakllarda bevosita qo‘llana oladigan olmoshlar (men, sen, biz, har kim, nimadir), jamlovchi sonning –ov, -avlon affiksli turi (ikkov,
ikkavlon), fe’lning harakat nomi shakli (o‘qish, yozuv) kiradi; 2) otlashuvchi so‘zlar. Bu guruhga grammatik son, egalik, kelishik shakllaridan birida qo‘llanilib, muayyan matn doirasidagina ot vazifasida ishlatlishi mumkin
bo‘lgan sifat, son va ular o‘rnida qo‘llanadigan olmoshlar (qanday, qancha, nechta), ba’zi bir ravishlar, fe’lning sifatdosh shakli kiradi.
2-§.Otning ma’no guruhlari. Otlar ma’no jihatdan quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Atoqli otlar. Bir turdagi narsa yoki hodisalarning birini ajratib ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan otlar atoqli otlar deyiladi. Atoqli otlar shaxs ismlari, havonlarning atoqli nomlari, tashkilot va gegrafik makon nomlari, koinot jismlari nomlari, suv havzalari, tashkilot nomlari kabi guruhlar doirasida uchraydi: Alisher, Ulug‘Bek, Zarafshon, Toshkent, Samarqand, Mars kabi. Bunday atoqli otlar o‘zaro tub va yasamaligi hamda tuzilishiga ko‘ra farqlanishi mumkin. Masalan, Lola, Go‘zal, Amir, Gavhar Orol kabi otlar sodda tub, Ilonli, Do‘stlik, Paxtakor kabi atoqli otlar sodda yasama, Ulug‘bek, Alisher, Nurato, Nurobod, Qo‘shrabot, Uchquduq kabi atoqli otlar qo‘shma otlardir. Atoqli otlarning asosiy qismini turdrsh otlar tashkil qiladi. Biroq ular boshqa so‘z turkumlari asosida ham yuzaga keladi. Masalan: Asal, Quvonch, Anor kabilar turdosh otdan, O‘lmas, Sotiboldi, Turdi, Tursun kabilar esa fe’ldan, Aziz, Botir, Shirin, Vali kabilar sifatdan, To‘qsonboy, Oltibek kabilar esa sondan, Bultur, Avvalboy kabilar esa ravishdan hosil bo‘lgan atoqli otlardir.
Turli turkumga mansub bo‘lgan so‘zlarning atoqli ot sifatida qo‘llanishi natijasida ular o‘zining hususiy nominativ mohiyatidan chekingan holda, umumiy semantik ma’no tashuvchi lug‘aviy birlikka aylanib qoladi.
Masalan, Uchquduq
onomastik birlikdir.
mazkur joydagi uchta quduqni emas, balki umuman
shahar tushunchasini anglatuvchi
  • Turdosh otlar bir jinsdagi otlarning umumiy nomini bildiruvchi otlardir. Masalan, inson, daryo, shahar, kitob, daftar. Turdosh otlar quyidagi ma’no guruhlarga mansubligi bilan o‘zaro farqlanadi:
  • Aniq otlar bevosita narsa-buyum va shaxs, jon-zot anglatadigan otlardir. Aniq otlar bevosita sanash va ko‘rish mumkin bo‘lgan otlar hisoblanadi. Masalan: kitob, talaba, daraxt, qush.
  • Mavhum otlar his qilish, sezish mumkin bo‘lgan otlardir. Ular ham ko‘plik affikslari bilan qo‘llanmaydigan otlar bo‘lib, ularga ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shilganda turlicha ma’no bo‘yog‘i yuzaga keladi. Masalan: sevgi, sezgi, qayg‘u, alam, qadr, oriyat.
  • Jamlovchi va yakka otlar. Bir turdagi narsaning o‘zini ifodalaydigan otlar yakka otlar hisoblanadi: kitob, gul, daraxt kabi. Birlik shaklida bo‘lib, bir xil turdagi narsaning to‘dasi, jamini ifodalaydigan otlar jamlovchi otlardir: xalq, armiya, ko‘pchilik, poda, jamoa, o‘rmon kabilar.
  • Sanaladigan otlar, sanalmaydigan otlar. Sanaladigan otlar, asosan, aniq otlardan tashkil topadi: daraxt, kitob, qalam. Sanalmaydigan otlar modda otlari, og‘irlik, suyug‘lik o‘lchamiga xos otlar va atoqli otlardan tashkil topadi: tuproq, qum, havo, shakar, tuz, yog‘, guruch, kabilar.

7. Bundan tashqari, tabiatan yakka bo‘ladigan va juft holda uchraydigan otlar ham mavjud bo‘lib, ular ham otning alohida ma’no turini tashkil qiladi. Masalan: yurak, quyosh, oy, ko‘z, qosh, oyoq kabilar shular jumlasidandir.
Shuningdek, otlar kim? so‘rog‘i asosida shaxs hamda nima? so‘rog‘i asosida narsa otlariga ham ajratiladi. Otlarning bunday tasniflanishi o‘zbek tilining, shu jumladan, boshqa turkiy tillarning o‘ziga xos xususiyatini belgilaydi. Ayni paytda bu tasnif ularning turli grammatik jarayonda ishtirokida ham o‘z aksini topadi. Xususan, shaxs otlari to‘liq tuslovchi affikslarni qabul qilgan holda qo‘llana oladi: o‘quvchiman, o‘quvchisan, o‘quvchimiz, o‘quvchisiz. Biroq, narsa otlari (majoziy ma’nosini e’tiborga olmaganda) faqat uchinchi shaxs ma’nosdagina ishlatilishi mumkin.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, atoqli va turdosh otlar o‘zaro ma’no jihatdangina emas, balki ba’zi grammatik xususiyatlariga ko‘ra ham farqlanadi. Masalan, atoqli otlar faqat birlikda qo‘llanadi. Ko‘plikda qo‘llanganda, ular grammatik ko‘plik emas, boshqa ma’no bo‘yoqlarga ega bo‘ladi. Shuningdek, atoqli otlar turdosh otlarga va aksincha, turdosh otlar atoqli otlarga o‘tib turadi. Masalan: Lola-atoqli ot, ayni paytda, lola- tog‘da o‘sadigan gul ma’nosida turdosh otdir. dizel, amper, rentgen, bitner kabi otlar esa atoqli ot asosida shakllangan turdosh otlardir. Atoqli otlarning turdosh otga aylanishida –lik qo‘shimchasidan ham foydalaniladi: kattaqo‘rg‘onlik, toshkentlik, andijonlik kabi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin