O'ta Osiyolik allomalar ijodidda ilimlar tasnifi Reja



Yüklə 30,49 Kb.
səhifə9/10
tarix30.05.2022
ölçüsü30,49 Kb.
#60009
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ix-xii asrlarda yashab ijod Qilgan O‘rta Osiyolik buyuk allomala

Alibergan Tanburiy. (X asr). Dostonchilikning asoschilaridan biri hisoblanadi. Doston va kasidalar ijrochisi sifatida shuxrat qozongan. U Xuroson va Mavorounnaxr usullarini o‘zida mujassamlashtirgan qushiqlar yaratdi va o‘zi ularning moxir ijrochisi, hamda tanbur chalishda benazir edi.
Abul fazil Bayhaqiy. (995-1077 yil). G‘aznaviylar davrining yirik tarixchi olimi. Mahmud Gaznaviy saroyida kotiblik ham yushgan. «Ziynat ul kuttob» (Kotiblar ziynati), «Tarixi oli Mahmud» ( Mahmud xonadoni tarixi) asarlari hamda 30 jilddan iborat «Jomye ut - tavorix» (Tarixlar tuplami) tarixiy asarini yaratgan. Tarixlar to‘plami asari G‘aznaviy shoxlaridan Sabuktegin (977-997) davridan boshlanib, 80 yillik tarixni o‘z ichiga oladi.
Abu Mansur al-Kumriy (999 yilda vafot qilgan). Buxoroda tug‘ilgan Ibn Sinoning tabobat bo‘yicha ustozlaridan biri. O‘z davrining tengsiz moxdo tabibi bo‘lgan. Yordami kerak bo‘lganda hatto podsho Mansur ibn Nux (961-976 yil) haramiga ham kirish huquqiga ega bo‘lgan. Bizgacha 2 ta tibbiy asari yetib kelgan.
1) «Kitob al-gino va al - muno» (yetarli va orzu qilingan kitob).
2) «Kitob at-tanvir fil-istiloxot at-tibbiya» (tibbiy istiloxotlarni yoritish kitobi)
Ibn Sino o‘zining «Tib qonunlari» ni yaratishda ushbu asarlaridan keng foydalangan.
Abu Saxl Saxixiy Jurjoniy (970-1010 y) Ibn Sino bilan hamasr bo‘lib, zamonasining yirik tabibi, tabiatshunosi, astronomi va faylasufi edi. Jurjoniy tomonidan matematikaga astronomiyaga va ikdimshunoslikka oid asarlar yaratilgan. Uning 8 ta tibbiy asari bizgacha yetib kelgan. Jurjoniyning ayniqsa, «Tabobat san’ati bo‘yicha 100 kitob» asari Sharqda mashhur bo‘lgan.
Abu Abdullox An - Notiliy As -Samarqandiy. (X-XI asrlar). Bu olim Ibn Sinoning uyida unga dars bergan uy o‘qituvchisi sifatida mashhur. Ibn Sinoga mantiq geometriya, astronomiya va falsafadan dars bergan va undagi cheksiz iqtidorni ko‘rib uning otasiga o‘g‘lini ilmdan boshqa narsa bilan shug‘ullantirmasligini qayta-qayta ta’kidlagan. Notiliy grek dorishunosi va tabibi Dioskuridus (I asr) ning mashhur «Dorivorlar haqida» asarini arabcha tarjimasini yangi taxririni bajargan. Bu taxrir bizgacha 4 ta qo‘lyozma nusxada yetib kelgan. Uning bu asari sharyu-podshoxlarinig saroy kutubxonalarida mavjud bo‘lgan.

Yüklə 30,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin