Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al - Xorazmiy. (783-850yy) Buyuk mutafakkir va olim al-Xorazmiyning arifmetika va algebraga doir «Kitob al-jabr val mukobala» (To’ldirish va qarama-qarshi qo’yish haqida kitob) asari matematika fanida yangi davrni boshlab beribgina qolmay, balki uning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga ham katta asos bo’ldi. «Hind arifmetikasi haqida kitob» asari tufayli avval Sharq xalqlari, so’ngra esa Evropa xalqlari ham Qadimiy Hindistonning katta yutug’i-o’nli pozitsiyasi hisoblash sistemasi bilan tanishdilar. (XII asrda lotin tiliga o’girilgan). Al-Xorazmiyning «Kitob surat al-arz» (erning surati) asari geografiyaga, «Astronomik jadvallari» astronomiyaga oid bo’lib, ular muallifning nomini jahonga yoydi. Shuningdek, «Kuyosh soatlari to’g’risida risola», «Tarix risolasi», «Usturlab haqida risola», «Musiqa risolasi» singari ajoyib asarlari olimga katta shuxrat keltirdi, uning nomini abadiylashtirdi. Al-Xorazmiyning «Al-jabr val muqobala» asari keyinchalik Evropada «Algebra» deb yuritila boshlandi. Uning astronomiyaga oid asari esa faqat Sharqda emas, balki G’arbda ham asronomiya fani rivojida katta rol o’ynadi.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037 yil) Buxoroning Afshona qishlog‘ida tug‘ilib o‘sgan Abu Ali jahon madaniyati, ilm-fani xazinasiga bebaho hissa qo‘shgan buyuk siymolardan biridir. U falsafa, mantiq ruxshunoslik, adabiyotshunoslik, she’riyat, musiqa, geologiya, minerologiya, fizika, matematika, tibbiyot, astronomiyaga oid yuzlab asarlar yaratdi. Abu Alining ilmiy qiziqishlari doirasi shu qadar keng bo‘lganki, uning 40 dan ziyod tibbiyotga, 30 ga yaqin astronomiya va tabiatshunoslik fanlariga, 185 ta falsafa, mantiq va ilohiyotga bag‘ishlangan asarlar yaratgani ma’lum. («Istoriografiya obhestvenno‘x nauk v Uzbekistane». «Bibliograficheskiye ocherki» T. «Fan» 1974 g. str. 30 )Qoxiralik arab olimi Shox ota Kanavotiyning «Ibn Sino ta’riflari» asarida esa Ibn Sinoning 876 ta qo‘lyozma asarlari ro‘yxati keltirilgan. (A.Irisov. «hakim Ibn Sino» T. «O‘zbekiston» 1992 yil 82 bet). U o‘zining ko‘p jildlik «Tib qonunlari» nomli geniral asarida Movaraunnahrda rivojlangan amaliy va nazariy tibbiyot natijalarini umumlashtirgan, uni qo‘shni Sharq mamlakatlari tibbiyoti bilan boyitib, bir butun tizimga keltirgan. Abu Ali 800 ga yaqin dorini sinchiklab o‘rganib chiqqan va ulardan unumli foydalanish tavsiyalarini bergan. U ishlatgan 396 xil o‘simlikdan 165 tasi hozirgi zamon tibbiyotida qo‘llanilmoqda. 100 tasi esa Sobiq Ittifoq farmonologiyasiga kiritilgan. (A.A.Qodirov «O‘rta Osiyoda meditsinaning paydo bo‘lishi» T. «Ibn Sino» nashriyoti. 1990 yil 58 bet). Ibn Sino qomusiy olim bo‘lishi bilan birga, iqtidorli shoir va adib ham bo‘lgan. «Qush risolasi», «Salomon, va Ibsol», «Yusuf qissasi» asarlari hamda ko‘plab g‘azal, ruboiy va she’riy dostonlari adabiyotimizda alohida o‘ringa egadir. U musiqaga bag‘ishlangan 3 ta alohida risola yaratib, musiqaning inson salomatligini tiklashdagi ta’sirini asoslab bergan va musiqaterapiya yo‘nalishiga asos solgan.2 .