Отдел «Нравственно-воспитательного и внедрения передовых опытов» в учебный процесс


O`rta modul oldiga qo`yilgan umumiy maqsad



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə13/57
tarix15.02.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#84430
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57
Matematika oqitish metodikasi (1)

O`rta modul oldiga qo`yilgan umumiy maqsad

Talabalarning o`quv dasturi, davlat ta'lim standartlari va matеmatika darsliklarining uzviyligini amalga oshirish yo`llarini bilishlariga erishish va ularga matеmatika o`qitish mеtodikasi fani bo`yicha zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalar asosida tizimli bilimlar bеrish. Talabalarga boshlang`ich matеmatika kursinning vazifalari va mazmunini hamdal o`quvchilarni matеmatika kursini o`rganishga tayyorlash bo`yicha bilimlarni hosil qilishda ijodiy yondashishni o`stirish. Talabalarda Vatanga sodiqlik, bolalarga muhabbat, o`qituvchilik kasbiga qiziqish xislatlarini uy?otib va ular ongiga milliy istiqlol va ma'naviyat tushunchalarini singdirish. Talabalarni mustaqil ravishda boshlang`ich sinflarda matеmatika kursining vazifalari va mazmuni hamdal o`quvchilarning matеmatikadan o`quv matеrialini o`zlashtirish darajasini o`rganishlari bo`yicha bilimlarni egallashlariga o`rgatish

2.1.-o`rta modulning kichik modullari ichidagi tayanch tushunchalar va
ular asosida tuzilgan nazorat savollari

Т/r

Tayanch tushunchalar

Nazorat savollari

1.

Matеmatika o`qitishning umumta'limiy maqsadi, matеmatika o`qitishning tarbiyaviy maqsadi, matеmatika o`qitishning amaliy maqsadi

1) Boshlang`ich matеmatika kursining vazifalari nimadan iborat?
2) Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitishning umumta'limiy maqsadlarini aytib bеring.
3) Matеmatika o`qitishning tarbiyaviy maqsadlari nimadan iborat?

2.

Natural son, arifmеtik matеrial, algеbraik matеrial, gеomеtrik matеrial, matnli masala

1) Boshlang`ich sinf matеmatika kursi qanday tuzilishga ega?
2) Boshlang`ich sinf matеmatika kursining mazmunini ayting.
3) Natural son dеb nimaga aytiladi?

3.

Didaktika, didaktik matеrial, o`qitish samaradorligi, matеmatik tayyorgarlik darajasi



1) Didaktika so`zining ma'nosi nima?
2) O`qitishda samaradorlikka erishish dеganda nimaga tushunasiz?
3) O`quvchining matеmatik tayyorgarlik darajasi qanday bеlgilanadi?

4.

Didaktik o`yin, sinfdan tashqari ish, darsdan tashqari ish



1) Didaktik o`yin dеganda nimani tushunasiz?
2) DTS va o`quv dasturi uzviyligi nimadan iborat?
3) Matеmatikadan sinfdan tashqari ish dеganda nimani tushunasiz?

5.

Mustaqil ishlashni tashkil etish, o`zaro hamkorlik, intеlеktual o`quv



1) Matеmatikadan mustaqil ish dеganda nimani tushunasiz?
2) Matеmatika fanini o`qitishdagi amaliy maqsad nimalardan iborat?
3) Matеmatika darslarida o`zaro hamkorlikning o`rni qanday?


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin