Matematika o`qitish metodikasi fanidan talabalar o`zlashtirishlarini
Nazorat turi
|
Nazorat turlari
|
Nazorat soni
|
Har bir nazorat uchun belgilangan maks.ball
|
Jami ball
|
Joriy nazorat
|
1.Og`zaki so`rov (Uy vazifasi va amaliy mashg`ulotni bajarish, talaba mustaqil ishi)
2. Test (20 ta test)
|
2
|
15
|
20
|
15
20
|
Jami
|
|
2
|
15
|
20
|
35
|
Oraliq nazorat
|
Yozma topshiriq (TMI)
2. Test (20 ta test)
|
2
|
15
|
20
|
15
20
|
Jami
|
|
2
|
15
|
20
|
35
|
Yakuniy nazorat
|
Yozma topshiriq (3 ta savol)
|
1
|
30
|
|
30
|
Jami
|
|
|
|
|
30
|
Jami
|
|
|
|
|
100
|
86 % - 100 % 86-100 ball - «A`lo»
71 % - 85 % 71-85 ball - «Yaxshi»
55 % - 70 % 55-70 ball - «Qoniqarli»
0 % - 55 % 0 – 54 ball - «Qoniqarsiz»
Kurs bo`yicha baholashda bilish, tushunish, tadbiq qilish, tahlil qilish, sintez qilish va baholay olish mezonlariga asoslaniladi.
1.1.2-ilova
Mavzuni jonlantirish va talabalarni faollashtirish uchun savollar.
«Matematika o`qitish metodikasi» fani nimani o`rganadi?
«Matematika o`qitish metodikasi» fanining rivojlanish bosqichlari.
«Matematika o`qitish metodikasi» fani qaysi fanlar bilan aloqador?
Fanning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
«Matematika o`qitish metodikasi» fani qachon vujudga kelgan?
Bu fan qaysi fanlar ta`sirida shakllana boshladi?
«Matematika o`qitish metodikasi» fanini predmeti va ob`ektini ta`riflang?
8. «Matematika o`qitish metodikasi» fanining qanday asosiy ilmiy tadqiqot metodlarini bilasiz?
|
1.1.3-ilova
II.1. Aqliy hujum
1.1.4-ilova
III.1. Masalalar
Berilgan ma`lumotlar. Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta`limi tizimida bo`layotgan o`zgarishlar «Ta`lim to`g`risida» gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ko`rsatib o`tilganidek, har bir boshlang`ich sinf matematika o`qituvchisi oldida muhim vazifa qo`yilmoqda. Bu vazifalar boshlang`ich ta`lim uchun xos bo`g`inlarni ajratish imkonini beradiki, bu bo`g`inlar xilma-xil o`quv fanlari dasturlarida, o`quv rejalarida, darsliklarda ta`limning joriy etilishi hamda metodik tizimida biror tarmoqni hosil qilinishi mumkin.
Davlat ta`lim standartlari o`quv fani bo`yicha o`quv metodik majmualar (dastur, o`quv rejasi,darslik) larni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek o`quv fanlararo bog`lanish va bilimlarini muvofiqlashtirish tamoyili asosida o`quv fanlarining o`zaro bog`liqligi va fanlararo bog`lanishini ta`minlashga xizmat qiladi.
Boshlang`ich sinflar o`qituvchisining uslubiy-matematik tayyoyorgarligi deyilganda biz uni ilmiy dunyoqarash asosida matematika o`qitish metodikasini umumiy pedagogik psixologik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog`lanishda tayyorlanishni tushunamiz. Bunday tayyorlanish vazifasiga matematikadan boshlang`ich ta`lim sohasida ma`lum bilim va o`quvlarni egallash hamda bolalarni o`qitish orqali tarbiyalashni o`zlashtirishi kerak.
Uslubiy-matematik tayyorgarlik boshlang`ich sinf o`qituvchisini tayyorlashning tarkibiy qismi bo`lib, uning ta`limiy tarbiyaviy faoliyatidan ajralgan holda qaralishi mumkin emas. Ikkinchi tomondan, boshlang`ich sinflarda matematikani o`qitish birinchi bosqichdir, ya`ni bolalarni navbatdagi matematika kursini o`zlashtirishga tayyorlash bosqichidir. Matematikadan boshlang`ich ta`limning bu ikki jihati (boshlang`ich ta`limning tarkibiy qismi va matematik tayyorgarligi) metodikada o`zining munosib aksini topishi lozim.
Boshlang`ich matematika kursi, bolalar tafakkur rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan boshlang`ich bilimlar yagona majmuini yaratadi, ikkinchi tomondan, zaruriy metodologik tasavvurlarni va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo`naltirilgan bo`ladi.
6-10 yoshli bolalarning fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishda mas`ul davr ekanligini psixologlar isbot qilishgan. Shu sababli boshlang`ich ta`lim metodikasining xususan, matematikadan boshlang`ich ta`lim metodikasining vazifalaridan biri o`qitishning yetarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradoliini oshirishni ta`minlashda o`qitishni bolalarning aqliy rivojlanishlariga ta`sirini ta`minlashdan iboratdir.
Matematikadan boshlang`ich ta`lim tarbiyaviy vazifalarini nazariy bilimlar tizimidagina hal etishi mumkin. Bu ilmiy dunyoqarash, psixologiya, didaktika, matematka o`qitish nazariyasini o`z ichiga oladi. Biroq birgina nazariy bilimlarning o`zigina yetarli emas. O`qitishning ma`lum mazmuni va o`qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan tasirlanadigan u yoki bu o`quv yo`nalishi uchun eng samarali usullarni qulay bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning o`zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni bilishi kerak.
Boshlang`ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanishiga asos solinishi sababli boshlang`ich sinf o` qituvchisi uchun o`quvchilarning aqliy faoliyat darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish muximdir.
Nazariy bilimlardan amaliyotda foydalanish jarayonida yuzaga keladigan turli tuman metodik masalalar hal etilishi lozim.
Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi, shu bilan birga odatda, ular bir qiymatli yechimga ega emas. O`qituvchi darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o`quv vaziyati uchun eng yaroqli yechimining tez topa olishi uchun bu sohada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo`lishi talab etiladi.
Boshlang`ich ta`lim metodikasi o`qitish vositasi sifatida mavjud didaktik o`yinlar mantiq ilmi va matematik nuqtai nazaridan mazmunan yetarli emasligi tufayli didaktik o`yinlardan foydalaniladi va o`rganilgan materialni faqat mustahkamlash vositasi sifatida foydalaniladi.
Bolalarni 6-7 yoshdan o`qitishning mazmunida muammolar yuzaga keladi. Bu muammo bog`cha maktablarda o`qitish orqali hal etiladi. Sanoqni o`rganish, qo`shish va ko`paytirishni birinchi bosqichda o`rgatish (20 ichida) boshlang`ich ta`limning asosiy vazifalari bo`lib kelgan. Biroq bu vazifa yagona bo`lib qolmasdan, balki u bolalarni matematikani o`rganishga yanada kengroq va har tomonlama tayyorlash ishining tarkibiy qismi ikkita asosiy yo`l bilan belgilanadi: 1) pedagogik yo`l ya`ni bolalar fikrlashini qo`llaniladigan matematik mulohazalarga tayyorlash; 2)matematik yo`l, ya`ni bolalarni eng muhim matematik tushunchalarni va eng avvalo, natural son va geometrik shakl tushunchalarini o`rganishga tayyorlash.
O`quvchilarga qachondan boshlab, qanday qilib, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatlarimiz, urf odatlarimizni o`rgatishimiz, chuqur anglatirishimiz kerak, degan savollar boshlang`ich ta`lim tizimi oldidagi asosiy masalalardan biri bo`lib kelmoqda.
So`nggi yillarda maktabda matematika o`qitish, ayniqsa, boshlang`ich ta`lim tizimida o`z ko`lami va ahamiyati jihatidan katta bo`lgan o`zgarishlarni amalga oshirdi.
Masalan, 1997 yil 29 avgustdagi «Ta`lim to`g`risida»gi qonunning 12 moddasi 1-4 sinflarni o`qitishga bagishlangan. O`zbekiston Respublikasida «Kadrlar tayyyorlash Milliy dasturi»ning 3.3.1-bandi uzluksiz ta`lim rivojlantirishda 1-4 sinflarda o`qitishni tashkil etishning rejalari ko`rsatilgan.
Maktab ta`limi oldiga tamomila yangi maqsadlarning qo`yilishi matematik o`qitishning mazmunining tubdan o`zgarishiga olib kelmoqda.. Matematika boshlang`ich kursi mazmuniga ham, darslik va qo`llanmalardan foydalanish metodikasida ham rivojlanish bo`lishini talab qiladi.
Matematika so`zi grekcha «mathema» so`zidan olingan bo`lib, uning ma`nosi «fanlarni bilish» demakdir. Matematika fanining o`rganilgan ob`ekti fazoviy shakllar va ular orasilagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir.
Maktab matematika kursining maqsadi o`quvchilarga ularga psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik bilimlar tizimini berishdan iboratdir.
Bu matematik bilimlar tizimi ma`lum usullari (metodika) orqali o`quvchilarga yetkaziladi.
«Metodika» rekcha so`z bo`lib, «metod» degani «yo`l» ma`nosini angaltadi.
Matematika metoikasi pedagoagika fanlari tizimiga kiruvchi pedagogika fanining tarmogi bo`lib, jamiyat tomonidan qo`yilgan o`qitish maqsadlariga muvofiq matematika o`qitish qonuniyatlarini matematika rivojining ma`lum bosqichida tadbiq qiladi. O`qitishda yangi maqsadlarning qo`yilishi matematika o`qitish mazmunining tubdan o`zgarishiga olib keladi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilariga matematikadan samarali ta`lim berilishi uchun o`qituvchi boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini egallab, chuqur o`zlashtirib olmog`i lozim.
Matematika boshlang`ich ta`lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:
1.Matematika o`qitishdan ko`zda tutilgan maqsadni aniqlab asoslash (nima uchun matematika o`qitiladi, o`rgatiladi?)
2. Matematika o`qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o`rgatish?) bir tizimga keltirilgan bilimlar darajasini o`quvchilarining yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o`rganishda izchillik ta`minlanadi, o`quv ishlariga o`quv mashg`ulotlari baradigan yuklama bartaraf qilinadi, ta`lim mazmuni o`quvchilarning aniq bilim bilish imkoniyatlariga mos keladi.
3.O`qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o`qitish kerak, ya`ni, o`quvchilar hozirgi kunda zarur bo`lgan iqtisodiy bilimlarni, malaka, ko`nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o`quv ishlari metodikasi qanday bo`lishi kerak?
4. O`qitish vositalari-darsliklar, didaktik materiallar, ko`rgazmali qo`llanmalar va о`quv- texnika vositalaridan foydalanish (nima yordamida o`qitish)
5. Ta`limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta`limning darsdan tashqari shakllarini qanday tashkil etish).
1-схема.
O`qitishning maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari metodik jihatlarining asosiy tarkiblarida murakkab, uni o`ziga xos grafik bilan tasvirlash mumkin.
Matematika o`qitish metodikasi boshqa fanlar eng avvalo, matematika fani-o`zining tayanch fani bilan uzviy bog`liq.
Xozirgi zamon matematikasi natural son tuShunchasini asoslashda to`plamlar nazariyasiga tayanadi.
Boshlang`ich sinflar uchun mo`ljallangan hozirgi zamon matematika darsligining birinchi sinfi uchun berilgan quyidagi topshiriqlarga duch kelamiz: «Rasmda nechta yuk mashinasi bo`lsa, bir qatorda shuncha katakni bo`yang, rasmda nechta avtobus bo`lsa, 2 qatorda shuncha katakni bo`yang »
Bunday topshiriqlarni bajarish bolalarni ko`rsatilgan to`plamlar elementlari orasida o`zaro ibr qiymatli moslik o`rnatishga undaydi. Bu esa natural son tushunchasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
MUM (matematika o`qitish metodikasi) umumiy matematika metodikasiga bog`liq. Umumiy matematika metodikasi tomonidan belgilangan qonuniyatlar kichik yoshdagi o`quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Boshlang`ich sinf MO`M pedagogik va yangi pedagogik texnologiya fani bilan uzviy bog`liq bo`lib, uning qonuniyatlariga tayanadi. MO`M bilan pedagogika orasida ikki tomonlama bog`lanish mavjud.
Bir tomondan, matematika metodikasi pedgogikaning umumiy nazariyasiga tayanadi va shu asosda shakllanadi. Bu hol matematika o`qitish masalalarini hal etishda metodik va nazariy yaqinlashishning bir butunligini ta`minlaydi.
Ikkinchi tomondan, pedagogika umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda xususiy metodikalar tomonidan erishilgan ma`lumotlarga tayanadi, bu uning hayotiyligi va aniqligini ta`minlaydi.
Shunday qilib, pedagogika metodikalarning aniq materialidan «oziqlanadi», undan pedagogik umumlashtirishda foydalaniladi va o`z navbatida metodikalarni ishlab chiqishda yo`llanma bo`lib xizmat qiladi.
Matematika metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi bilan bog`liq. Boshlang`ich matematika metodikasi ta`limning boshqa fan metodikalari (ona tili, tabiatshunoslik , rasm, mehnat va boshqa fanlar o`qitish metodikasi) bilan bog`liq.
O`qitishda fanlararo bog`lanishni to`g`ri amalga oshirish uchun o`qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir.
Ilmiy tadqiqot metodlari- bu qonuniy bog`lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni o`rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish usullaridir.
Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishish, o`quvchilar ishlarini o`rganish, suhbat va so`rovnomalar o`tkazish, ilmiy pedagogik tadqiqotlar jumlasiga kiradi.
So`nggi vaqtlarda matematik va kibernetk metodlardan, shuningdek, matematikani o`qitishda modellashtirish metodlaridan foydalanish qayd qilinmoqda.
Matemaika metodikasi ta`lim jarayoni bilan bog`liq bo`lgan quyidagi uch savolga javob beradi:
1.Nima uchun matematikani o`qitish kerak?
2.Matematikadan nimalarni o`rganish kerak?
3.Matematikani qanday o`rganish kerak?
Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo`lib shveytsariyalik pedagog, matematik G.Pestalotsining 1803 yilda yozgan «Sonni ko`rgazmali o`rganish» asarida bayon qilingan. Boshlang`ich ta`lim haqida ulug` mutafakkir Beruniy, Ibn Sino va boshqalar ta`lim va tarbiya haqidagi hur fikrlarida boshlang`ich ta`lim asoslarini o`rganish muammolari haqida o`z davrida ilg`or g`oyalarni ilgari surganlar.
MO`M o`zining tuzilish xususiyatiga ko`ra shartli ravishda uch qismga bo`linadi:
1.Matematika o`qitishning umumiy metodikasi.
Bu bo`limda , matematika fanining maqsadi, mazmuni, metodologiyasi shakli, metodlari va vositalarining, metodik tizimi pedagogik, psixologik qonunlar hamda didaktik tamoyillar asosida ochib beriladi.
2.Matematika o`qitishning maxsus metodikasi.
Bu bo`limda matematika o`qitish umumiy metodikasining qonun va qoidalarini aniq mavzu materiallariga tadbiq qilish yo`llari ko`rsatiladi.
3.Matematika o`qitishning konkret metodikasi.
Bu bo`lim ikki qismdan iborat:
a)Umumiy metodikaning xususiy masalalari;
b)Maxsus metodikaning xususiy masalalari;
Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi butun pedagogik tadqiqotlarda pedagogik texnologiya, axborot texnologiyalari yutuqlaida qo`llaniladigan materialllardan foydalaniladi.
Tadqiqotning maqsada va vazifalarini yaqqol aniqlash, uning nazariy asoslari va tamoyillarini ishlab chiqarish, ishchi faraz tuzish, boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasining shakllanishida asosiy mezonlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |