3. O`quv fani bo`yicha ma`ruza va amaliy mashg`ulotlarda o`qitish texnologiyalarini ishlab chiqishning kontseptual asoslari
|
O`zbekiston jahon hamjamiyatida o`zining munosib o`rnini topmoqda. Davlatimizning iqtisodiy taraqqiyotini ta`minlash uchun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma`rifiy sohalarda tarkibiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yuqori sifatli kadrlar salohiyatiga bog`liq. Shu bois, mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq jahon andozalari darajasida kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratish vazifasi qo`yildi. O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa me`riy hujjatlar nafaqat milliy ta`lim taraqqiyoti va kadrlar tayyorlash tizimini istiqbolini belgilovchi hujjat, balki, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot kafolati sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining birinchi bosqichida amalga oshirilgan islohatlar sohani yangi sifat bosqichiga ko`tarishga zamin hozirladi. Ikkinchi bosqich-ta`lim jarayonidagi sifat ko`rsatkichlarini yaxshilash, ya`ni jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega bo`lgan mutaxassislar tayyorlashdan iborat. Ushbu murakkab muammolarni yechimini topib ularni amalda keng qo`llash oliy ta`lim tizimi xodimlari oldida katta vazifalar qo`ymoqdi. Bunda, aniq vazifalar sifatida bevosita o`quv jarayonini yaxshilash, o`quv dasturlarini yanada takomillashtirish, o`qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini amaliyotga joriy qilish, texnik vositalardan keng foydalanishdan iboratdir.
Ta`limning sifati va uni tashkil etish usuli o`qituvchining mahoratiga, talabaning xohish-istagiga, qobiliyati va bilim darajasiga bog`liq. Ta`limning natijasi bilim bilan belgilanadi. Bilim ob’ektiv borliqdagi voqea-hodisalarning in`ikosi, inson miyasidagi mushohada va tasavvurlar natijasida hosil bo`ladigan tushunchalar yig`indisi sifatida namoyon bo`ladi. Xulosa qilib aytganda, ta`limning sifati uni berishda ishtirok etadigan kishilar salohiyati va o`quv jarayonining darajasiga bog`liq.
O`quv jarayoni bilan bog`liq ta`lim sifatini belgilovchi holatlar-yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma`ruzalar o`qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg`or pedagogik texnologiyalardan va mul’timedia qo`llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o`ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo`yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot yuritishga, ijodiy fikrlashga o`rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilishdan iborat bo`lib, ushbu tadbirlar ta`lim ustivorligini ta`minlaydi. Bunda har bir fanning o`ziga xos xususiyatlari, maqsad va vazifalari, hamda spitsifikasiga asoslanish maqsadga muvofiq.
«Matematika o`qitish metodikasi» kursini o`qitish yuqorida ta`kidlangan ta`lim texnologiyalariga asoslanishi va quyidagi kontseptual yondoshuvlarga asoslanishi kerak:
Dostları ilə paylaş: |