Laboratoriya ishi №3 O’TKAZGICH QARSHULIKLARNI O’LCHASH (Uitston ko’prigi vositasida)
Kerakli asboblar: Uitson ko’pirigi qurilmasi, o’zgarmas tok manbai, reoxord, reostat, galvanometr, o’lchanadigan rezistorlar ( qarshikliklar), ulovchi simlar.
Ishning maqsadi Tok ko’chi, tok zishligi, kuchlanish kabi fizikaviy kattaliklarning ma’nosini bilish; Om, Joul-Lens qonunlarini qo’llashni bilish: parallel va ketma-ken ulangan qarshiliklardan iborat zanjir uchun Kirxgof qoidalarini qo’llay olishni o’rganish.
Asosiy nazariy ma’lumotlar Elektr zanjiri va uning elementlari. Eng sodda elektr zanjiri elektr energiyasi manbaidan, elektr energiyani uzatuvchi va qabul qiluvchi qismlardan tashkil topgan bo’ladi. Shunday qilib, elektr energiya manbai, tok o’tishi mumkin bo’lgan simlar va tokni qabul qiluvchi qisimlardan tashkil topgan sistema elektr zanjiri deyiladi. Elektr zanjirini tashkil qilgan qismlahning shartli belgilar asosida ifodalanishi elektr sxema deyiladi.
Elektr toki va tokning kuchi. Zaryadlarning tartibli harakatiga elektr toki deyiladi. Zaryadlangan jismlarning tartibli harakatidan hosil bo’lgan tokka konveksion tok deyiladi.
Metallardagi erkin elektronlarning tashqi elektr maydoni ta’sirida tartibli harakati natijasida hosil bo’lgan tokka o’tkazuvchanlik tori deyiladi.
Tok kuchi deb, o’tkazgichning ko’ndalang kesim yuzasidan vaqt birligi ichida o’tgan zaryadga miqdor jihatdan teng bo’lgan fizik kattalikka aytiladi
(1)
Agar tokning kuchi miqdor va yo'nalish jihatdan dolmiy, ya'ni I= const bo’lsa, (1) tenglama integral ko’rinishiga keladi
(1.a)
Tok kuchi “SI” o’lchov birliklar sistemasida “Amper” larda o’lchanadi ya’ni,
(amper)
Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni.