O`tkir Hoshimov asarlarining tarbiyaviy va estetik jihatlari
Reja:
1. O`tkir Hoshimov asarlarining tarbiyaviy ahamiyati.
2. Asarlaridagi mohirona ma`no uyg`unligi.
3. O`tkir Hoshimov asarlaridagi jamiyat va yoshlar foydali omillar.
Kirish
XX asr ikkinchi yarmi o`zbek adabiyoti, aniqrog`i nasri rivojida O`tkir Hoshimovning munosib o`rni bor. Mustabid tuzum sharoitida u o`zining haq so`zi bilan el orasida e’tibor qozondi.Yozuvchi o`z asarlarida hamisha haq gapni aytishga intildi. Ehtimol, uning hikoya, pyesa, hikoyalarida yuzaki o`rinlar bordir, ammo adib hech qachon yolg`on gap aytmagan, mustabid, mafkura, siyosat nog`orasiga o`ynab vijdonini sotmagan, murosasozlik yo`liga kirmagan. U o`tkinchi mayllarga berilmay, so`z san’atining azaliy muammosi – shaxs jumbog`i, ijtimoiy adolat tuyg`usi ifodasi bilan qiziqdi.
Noyob iste’dod sohibi O‘tkir Hoshimov adabiyotga Abdulla Oripov, Omon Muhtorov, Shukur Holmirzaev singari bir qator tengdoshlari bilan birga kirib keldi. O‘sha paytda adabiyotimizning Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Kahhor, Maksud Shayhzoda singari ulkan yozuvchilari hayot bo‘lib, ularning nazariga tushish hammaga ham nasib qilavermasdi. O‘tkir Hoshimov esa Abdulla Kahhordek mashhur san’atkor e’tiborini jalb qilgan yoshlardan edi.
Roman, qissa, hikoyalarida so‘z san’atining azaliy bosh muammosi - inson takdiri va qalbining badiiy tahlili ham mavjud edi. Muallif dolzarb ijtimoiy muammolar talqini bilan yondosh holda ko‘p o‘rinlarda personajlar ruhiyatidagi g‘oyat nafis jarayonlarni san’atkorona ifoda etardi.
Keyinroq u dolzarb, ijtimoiy muammolar talqiniga ko‘proq moyillik bildirib, ayni zamonda bevosita ma’naviyat, ruhiyat tahliliga bag‘ishlangan asarlar ustida ish olib bordi.
Asar o‘z davrida adabiy tanqidchiliq tomonidan iliq kutib olindi, unga munosib baho berildi, faqat romanga keskin to‘qnashuvlar va kolliziyalar etishmasligi qayd qilindi.
Ijodkor 80-yillar o‘zbek publitsistikasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan adiblardan biridir. Uning odob-ahloq, ma’naviy olam, milliy qadriyatlar, sho‘ro davri adolatsizliklarini dadil yoritgan ocherk va teleko‘rsatuvlari bu davrning barkamol mevalaridir.
Muallifni endi kundalik dolzarb ijtimoiy masalalar emas, ko‘proq azaliy ma’naviy muammolar, inson takdiri, uning qalbi jumboqlari kiziktiradi. Bu narsa "Ikki eshik orasi" romanida ayniqsa, ravshan ko‘rindi. Bu bilan adib ijodiy yo‘lining etuklik bosqichi boshlandi.
Adabiyot dunyosida «nasrdagi tarona», «nasrdagi shoir» atamalari bor. Yangi o`zbek adabiyotida Abdulla Qodiriy bilan Said Ahmad haqli ravishda prozaning shoiri deb nom olganlar. Zamonaviy o`zbek adabiyotida O`tkir Hoshimovni ham nasrdagi shoir, yetuk asarlarini esa nasrdagi qo`shiq, tarona deb atash mumkin.
Ilk hikoyasi «Cho`l havosi»dan tortib «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» kitobiga qadar – barcha asarlariga xos mushtarak jihat shuki, ular betakror, benazir sirli musiqiy ohang bilan yo`g`irilgan.
Muallif qo`lidagi qalam go`yoki yozmaydi, balkim qalami uchidan so`zlar musiqa singari quyilib keladi uning hikoyalari she’rdek, dostondek o`qiladi, ular yakka so`zda chalingan dilrabo kuydek yangraydi, hikoyalari ko`p ovozli simfoniyani eslatadi, hatto uning badiiyalari, publisistik maqolalarini o`qiganda inson ko`ngil xazinasining, tuyg`ularining xilma-xil jilolari mujassam, oddiy maishiy kechinmalardan tortib ulkan ijtimoiy mushohadalar, keskin ruhiy dramalar, fojiyalar, qabohatlar haqida qalam tebratganda ham ajib samimiyat, hazin va nurli bir kuy aks-sado berib turadi.
O`tkir Hoshimov nasrini kitobxonga manzur qilgan joziba sirlaridan biri shunda. Adabiyotshunos Abdug`afir Rasulov o`zining ardoqli adib asarida “O`tkir Hoshimov inson, iste’dodli yozuvchi, lavozimdagi rasmiy shaxs. Aqlli, dono inson… U – ko`p betakror adabiy qahramonlar yaratgan taniqli yozuvchidir”-deydi.
80-yillarga kelib O`tkir Hoshimov ijodida milliy adabiyotimiz istiqboli uchun muhim ahamiyatga molik yangi tamoyillar ro`y berdi. Yozuvchi, bir tomondan, radio va televideniya orqali jiddiy chiqishlar qildi, u televideniyada olib borgan «Bahs» ko`rsatuvi butun Respublikani «oyoqqa turg`izdi». Shuningdek, matbuotda birin-ketin o`tkir publisistik maqolalar e’lon qildi. Xususan, «Qalbning oppoq daftari», «Avlodlarga nima deymiz», «Davlat siri», «Mantiq qani?» kabi maqolalarining har biri ularda o`rtaga tashlangan ma’naviy, ijtimoyi-siyosiy muammolarning ko`lami, salmog`i, ta’sir kuchi jihatidan yetuk badiiy asarlarga teng deb baholanadi
.
Ayni paytda adib yaratgan eng yaxshi asarlar avvalgilaridan farqli o`laroq, oshkora publisistik talqindan xoli. Bu davrga kelib adib ijodida publisistik faoliyat bilan sof badiiyat orasidamuayyan ajralish ro`y berdi. Muallifni endi kundalik dolzarb masalalar emas, ko`proq azaliy-boqiy, ma’anviy muammolar, inson taqdiri, inson qalbining jumboqlari ko`proq qiziqtiradi.
Yozuvchi ikkinchi jahon urushi kishilarimiz uchun zo`r sinov bo`lgani, bu sinov paytida o`zbek kishisiga xos bo`lgan noyob fazilatlar favqulodda bir kuch bilan yuzaga chiqqani, kishilarimizdagi otashin vatanparvarlik, cheksiz muruvvat, sadoqat tuyg`ularini ilhom va ehtiros bilan qalamga oladi. O`sha sinov kezlarida faqat o`z jonini, manfaatini o`ylab, munofiqlik, xiyonat ko`chasiga kirgan ayrim kimsalar qilmishini qahr-g`azab bilan qoralaydi, ma’naviy inqirozini, fojiasini ochadi, qahramonlar qismati vositasida yozuvchi yashashning ma’nosi, insonning
insonlik sha’ni, burchi, ma’suliyati, e’tiqodlik masalalarini ko`taradi, kitobxonni ular haqida o`ylashga, bahsga chorlaydi.
Qanday yashash va yashamaslik kerak, degan savol asarning yetakchi falsafasi darajasiga ko`tariladi.
O`tikr Xoshimov nasrini kitobxonga manzur qilgan joziba sirlaridan biri shunda. Adabiyotshunos Abdug`afir Rasulov o`zining ardoqli adib asarida “O`tkir Hoshimov inson, iste’dodli yozuvchi, lavozimdagi rasmiy shaxs. Aqlli, dono inson… U – ko`p betakror adabiy qahramonlar yaratgan taniqli yozuvchidir”
Ushbu qarashlarni inobatga olgan holda, mustaqilligimizni dastlabki yillaridan boshlab yosh avlod ta`lim va tarbiyasiga jiddiy e`tibor qaratila boshlandi. Shu kundan e`tiboran Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov takidlaganlaridek: “Buyuk ma`naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta`lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg`unlashtirish asosida, jahon andozalari va ko`nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda” .
Darhaqiqat o`zbek adabiyotida o`zining munosib o`rniga ega bo`lgan adib o`z ijodiy faoliyati davomida ko`rsatib bergan desak adashmagan bo`lamiz. Shu sababli ham adib 1991-yilda “O`zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni bilan 2001-yilda “Buyuk hizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.Adib chindanda salmoqli ijod qilganligi kitobxonlar tomonidan uning asarllari sevib o`qilishida ko`ramiz. Biz adibning “O`zbeklar”hikoyalar to`plamidagi “O`zbeklar” hikoyasidagi olg`a surilgan g`oyalar haqida to`xtalmoqchimiz. “O`zbeklar” hikoyasi shunday boshlanadi.“Otinoyining hovlisi past ko`chaning etagida.Uyi ham boshqalarnikidan ajralib turadi.Ikkita derazali pastak uy. Boshqalarning derazasi oldida gilos bo`lsa, Otinoyinikida ikki tup tut bor. Boshqalarning tomi tunuka bo`lsa, Otinoyining tomi shifer. Hammaning tomida televizor antennasi bor. Otinoyinikida yo`q.Ammo uning uyi hamisha hammanikidan gavjum bo`ladi”(Hoshimov O`. 2006: 33).
Adib bu yerda kambag`al bir oilani tasvirlagandek seziladi, aslidachi fan kandidati, trest boshqaruvchisi Iskandar Vahobovichning onasining uyi, har bir xalq yoki millatning o`z urf-odatlari, ananalari bor bunday urf-odatlarni Otinoyi va qo`shni kelin o`rtasidagi munosabatlarda ochib berganday nazarimizda. Shuningdek Otinoyi obrazida o`zbek ayolining o`z umir yo`ldoshiga, oilaga, farzandiga bo`lgan kuchli mehri va sadoqati tasvirlanadi, bundan tashqari urushga ketgan umir yo`ldoshining qaytib kelmaganida, oddiy bir o`zbek oilasiga yetkazgan sitamlarini u haqda ko`p to`htalmagan holatda kitobxonlar ongiga yetkazib berganini ko`rishimiz mumkin. Kelinoyi obrazi orqali adib butun o`zbek kelinlariga xos fazilatlarni nomoyon etgandek, yani qo`shni kelin bo`lishiga
qaramay Otinoyi unga o`z kelinidek muomila qilishida o`zbek xalqining bir-biriga mehrini ko`ramiz.Xalqimizda bir ibora bor “Yaxshisini oshirib yomonini yashiradi’’ bu ibora Otinoyi uchun aytilgan balki butun o`zbek onalari uchun aytilgan desak aslo adashmagan bo`lamiz.
Otinoyining yolg`iz o`g`li Iskandarni katta qilib oliy o`quv yurtida o`qitishi buning evaziga yolg`iz o`g`il Iskandarning uylangandan keyin xotini Gulandomning onasi nomiga aytilgan yomon so`zlariga ham munosib javob qaytara olmaydi.
Adib Gulandom obrazi orqali o`zbek kelinlariga xos bo`lmagan fazilatlarni aks ettirgandek hatto qaynonasining dafn marosimiga ham qo`lida oq sumkacha xuddi to`yga borganday yasanib qulog`iga brilliand ko`zli zirak taqib kelganida ko`rishimiz mumkin.
.
Hikoyaning eng kuliminatsion nuqtasi shundaki “Otinoyi sandiqdan birma-bir o`limliklarini olib “ko`z-ko`z” qilyapdi.- Mana bu –kafanlik,-deydi u bejirim o`ralgan dokani ko`rsatib. Muattar xola dokaning bir uchini chimchilab ko`radi.
–Yaxshi misqoli doka ekan. Iskandarim ataylab Moskovdan obkelgan. –Otinoyi kerilib qaddini rostlaydi.” ”(Hoshimov O`. 2006: 33). Bir boqishda oddiy bir voqeaday tuyuladi. Adib bu bilan nima demoqchi chuqurroq taxlil qilsak o`zbek xalqi qadriyatlaridan kelib chiqsak qaysi farzand o`z onasiga kafanlik olib keladi.Kafanlik deganimizning o`zida insonning beixtiyor etlari jimirlab ketadi. Otinoyi bironta yangi ko`ylagi bilan maqtana olmaydi faqatgina 3 yil oldin o`g`li olib bergan kovushi va 3 oy oldin 8-martga olib kelgan 4 quti choyni har mehmonlar kelganda qo`shni kelinga Iskandarim olib kelgan dutor chalib turgan choydan damlang deya olardi xolos. Hikoyaning eng kuliminatsion nuqtasi Baxri xola va qo`shnilariga o`limliklarini ko`rsatib o`tirgan holda vofot etishida. Adib bu yerda o`zbek xalqidagi dafn marosimlariga bo`lgan munosabatlarni ham tasvirlaganday yani Otinoyining tobutini katta ko`chaga olib chiqqanda ko`chadagi o`tkinchi odamlarning kim bu kishi deganlarida Otinoyim bo`ladi deyishganda savobi tegsin deyishgancha tobutni ko`tarishga shoshishardi ko`cha to`la boshi ko`rinmas darajada odam to`planganligida ham o`zbek xalqiga xos urf-odat ananalarni ko`rishimiz mumkin.Adib deyarli barcha o`rinlardaxulosani kitobxonning o`ziga qoldiradi.
Adib hech qaysi bir o`rinda Iskandarni qoralab yoki uni yomonlamaydi uni koyiganda ham buni o`zining tilidan aytib o`tadi.Adib Iskandar obrazi orqali o`z orzu niyatlari, tinchligi yo`lida onasini unutib qo`ygan bir shaxs tasvirlanadi.Bu hikoyada o`zbek xalqining go`zal urf-odatlari bilan birgalikda inson manaviy olamidagi g`uborlarni ochib berishga harakat qilinganligini ko`rishimiz mumkin.
Yana shuni alohida takilashimiz lozimki Otinoyi obrazi chin o`zbek onasi ro`lida gavdalantiriladi lekin adib hech qaysi bir o`rinda Otinoyini o`g`li tashlab ketgan uch oyda bir xabar oladigan tarzda otinoyining tilidan qoralamaydi hech qaysi o`rinda Iskandar qoralanmaydi yoki uni yomonlab kitobxonga u to`g`risida salbiy fikr uyg`otishga harakat qilmaydi biz faqat hikoyani o`qish jarayonida Iskandar va Gulandom o`rtasida voqeyalar tizimini o`qigan kitobxon o`zi Iskandar va Gulandom haqida o`zlariga yetarlicha keragidan ziyotroq xulosa chiqarib olishlari uchun Iskandarning o`zining tilidan ko`plab holatlarda ayiblarini bo`yniga olgan holda tasvirlanadi.
O`.Hoshimovning “O`zbeklar’’ hikoyasidagi voqeayalar tasvirini Sh.Xolmirzayevning “O`zbeklar” hikoyasidagi voqeyalar bilan toqqaslab o`rganadigan bo`lsak Sh.Xolmirzayevning “O`zbeklar” hikoyasida hamma Palvon aka deb chaqiradigan magazinchi haqida bo`lib, bunda adib o`zbek xalqining o`ziga xos urf odatlari haqida ham shuningdek adib Palvon aka obraziga alohida tarif beradi sodda, ishonuvchan, mardinson sifatida tasvirlaydi.
O`.Hoshimovning “O`zbeklar” hikoyasida bir o`zbek ayoli taqdiri batafsil yoritilsa Sh.Xolmirzayevning “O`zbeklar” hikoyasida esa bir o`zbek sodda insonining taqdiri haqida batafsil to`xtalib o`tiladi. O`.Hoshimov o`z hikoyasi o`zbek ayoliga xos umumiy ajoyib fazilatlari bilan tasvirlaydi. Sh.Xolmirzayevning hikoyasida esa o`zbek insonining mardligi soddaligi va bir so`zli ekanligi haqida gapiriladi. O`.Hoshimov “O`zbeklar” hikoyasida inson manaviy-axloqiy dunyosidagi yuksak fazilatlar bilan birga yomon illatlar shuday ochib beriladiki buni biz Otinoyi va kelini, Otinoyi va Iskandar Vohobovich o`rtasida bo`lib o`tgan voqeyalarda o`qishimiz mumkin bu voqeyalar shunday tasvirlanganki kitobxonga kuchli tasir qilaoladigan darajada bayon etilgan.
Adib bu hikoyada Iskandar obrazi orqali hozirgi kun adabiy muhiti doirasida kitobxonlar ongiga qanchalar dolzarb masalani ko`targanini ko`rishimiz mumkin. Hayotda aytilganidek bir yaxshining bir yomoni bor degan gap bekorga aytilmagan bu hikoyada Kelinoyi obrazida qancha yaxshi fazilatlarni tasvirlagan bo`lsa Gulandom obrazi orqali buning aksini ko`rishimiz mumkin.
Insonning manaviy-axloqiy dunyosidagi illatlarning badiiy talqinini ko`plab hikoyalarida kuzatishimiz mumkin bunday hikoyalardan yana biri “Insof” hikoyasidir bu hikoyada insof so`zining turli tillardagi aytilishiga to`xtalib o`tiladi. Bu so`z turli tillarda turli shaklda aytilishiga qaramay bir tushunchani bildiradi. Bu hikoyada hozirgi kundagi eng ko`p kundalik hayotimizda uchraydigan tushuncha bo`lib bu tushunchaga insonlar turlicha qarashlari haqida chuqur fikr yuritiladi. Bir do`kondor va shogirdi o`rtasidagi voqea keltirib o`tilgan bu shubhasiz ota-bobolarimizning insof haqida qanday dunyoqarashga ega ekanligini bilib olamiz bundan tashqari Yusuf Tovalsiyning “Hikmatlar
hazinasi” kitobidan ham rivoyatdagi Hazrat Umarning davlat boyligiga hiyonat qilmaganligi bir sham misolida tasvirlanadi. Endi hozirgi kunimizga bir nazar tashlaydigan bo`lsak O`zbekiston telekanalida “Munosabat plyus” ko`rsatuvida hozirgi kun dolzarb masalalaridan biri ko`tarildi unda ommaviy madanyat haqida video film ko`rsatilib u haqida fikrlar eshitildi. Bu haqida o`zimiz ham bir fikr yuritsak insof ho`sh hozirgi kundagi ommoviy madanyatdagidek qorin to`yg`azishga hizmat qila oladimi insof degan tushuncha buni tahlil qilsak albatda insofni ko`rib, ushlab, yeb, bo`lmadi bundan kelib chiqadiki insof hozirgi kun insonlarida birmuncha og`riqli masala hisoblanadi.
Adib hikoyada o`zi bilan bog`liq dorixonadagi voqeani ham tasvirlaydi bunda ikkita dorixonadagi bir xil dorining deyarli ikki baravar qimmatiga sotilayotganligini egasidan so`raganida aytarli bir izoh keltira olmaganligi tasvirlanadi. Bu hozirgi kun insonining insof haqidagi tushunchasi haqida adib supermarketdagi bir galstukning bozordagi narxdan uch baravar qimmat ekanligini aytib o`tadi. Bu holatlarni adib bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayoni bilan izohlashga harakat qiladi, yani bu jarayonni insonlar o`zlari qanday qabul qilayotganlari tahlil qilib o`tiladi.Shuningdek bu hikoyada adib Yaponiyalik mehmon bilan bo`lgan voqeani ham keltirib o`tiladi.Bunda mehmonning bog`dan egasidan so`rab olmaganligini aytib mevalarni olmaganligi tasvirlanadi. Adib bu hikoyada insof va insofsizlik o`rtasidagi chegarani ajratish qiyinligini aytib o`tadi. Yuqoridagi aytib o`tilgan voqealar misolida adib insof va insofsizlik o`rtasidagi chegarani hozirgi kun nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda tahlil qiladi. Yozuvchining "Ikki eshik orasi" romani ham kitobxonlar tomonidan iliq kutib olindi. Roman 1986 yilning eng yaxshi asarlaridan deb topilib, Hamza nomidagi respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgandi. "Ikki eshik orasi" romanida o‘z davrining muhim muammolari qalamga olindi, o‘sha yillar voqea-hodisalariga munosabat bildirildi. Romanning asosiy qahramonlari ikkinchi jahon urushi og‘irliklarini yelkasida ko‘targan, unda mardona g‘olib chiqqan kishilardir. Umuman olganda, romanda butun jamiyat kishilarining urush davridagi fidokorligi o‘zining badiiy ifodasini topgan. Roman qahramonlaridan biri Muzaffar - urush davrida muayyan qiyinchiliklarni boshidan kechirgan, 70-yillarga kelib farovon turmushga erishgan Yoshlarning timsoli tarzida beriladi. Romanning sarlavhasidan tortib, deyarli butun mazmunigacha yozuvchi jiddiy falsafiy ma’no yuklashga intilgan.
Xususan, u "Ikki eshik orasi" deganda inson umrini, ya’ni tug‘ilgandan o‘lgungacha bosib o‘tgan yo‘lni ko‘zda tutadi. Muallifning g‘oyaviy falsafasiga ko‘ra bu yo‘l juda murakkab va ziddiyatli bo‘lib, uni muvaffaqiyat bilan bosib o‘tishi uchun insondan katta matonat, iroda, bilim va jasorat talab qilinadi. Asardagi ko‘pchiliq qahramonlar, xususan, Oksoqol, Qora amma, Robiya, Shomurod, Kimsan huddi shunday jasoratli va ruhan boy kishilar bo‘lib, ko‘p jihatdan yozuvchining g‘oyaviy maqsadini ta’sirchan ifodalashga xizmat qilgan. Muallif falsafasiga ko‘ra o‘z umrini sharaf bilan bosib o‘tmog‘i uchun insondan katta matonat va jasorat talab kilinishining sababi shundaki, u o‘z hayoti davomida og‘ir kurashlar girdobidan, yengib bo‘lmas to‘siqlardan o‘tishga majbur bo‘ladi. Asarda huddi shunday inson hayotining to‘siqlari, illatlari sifatida Umar zakonchi, Ra’no, Zuhra kabi shaxslar timsoli yaratilgan bo‘lib, ular romandagi kurashlar, to‘qnashuvlar, ma’naviy ixtiloflar keskinligini, tarangligini oshirishga imkon tug‘dirgan.
Hayotdagi illatlarga qarshi ayovsiz o‘t ochish istagi O‘tkir Hoshimovni "Ikki eshik orasi" romanidan keyin tadrijiy ravishda hajviyotga murojaat qilishga olib keldi. Oqibatda uning "Ikki karra ikki - besh" qissasi maydonga keldi. Yozuvchining ilgarigi asarlarida ahyon-ahyonda hajviyot uchrab turar edi. "Ikki karra ikki - besh" qissasi esa, ulardan butunicha hajviy uslubda yozilganligi bilan farq qiladi. Hajviyot tig‘ini hayotdagi martabali kishilarga, katta raxbarlarga, xususan, raislarga qaratgani va ularning ma’naviy tubanligini ro‘yi-rost fosh qilishga intilgani bilan yozuvchi qissaning ko‘p saxifalari ta’sirchan va qiziqarli bo‘lib chiqishiga erishgan. Faqat dalillash san’atining etishmaganligi va ayniqsa, raisning o‘g‘li o‘z otasiga qarshi keskin kurashga kirishishi yaxshi asoslanmaganligi sababli qissa 80-yillar o‘zbek hajviyotidagi sezilarli hodisa darajasiga ko‘tarilmay qoldi.
Yuqorida tilga olingan so‘nggi ikki asarida O‘tkir Hoshimovning inson ma’naviy olamini, psixologiyasini teran tahlil qilish mahorati ancha oshganligi aniq-ravshan sezilib turadi. Bunda yozuvchi turli-tuman vositalar qatorida qahramonlarning dil izhorlaridan, ichki monologlaridan unumli foydalangan. Ichki monologlar qo‘llashda yuqoridagi asarlarda boshlangan usuldan yozuvchi "Tushda kechgan umrlar" romanida yanada ustalik bilan foydalandi. "Tushda kechgan umrlar" romanida voqealar kamrovi juda keng: 30-yillarning mash’um "qatag‘on" qilish manzaralari, 80-yillarda Afg‘oniston urushi lavhalari, shu yillarda sodir bo‘lgan "o‘zbek ishi" mojarolari. Bu uchta yirik, juda katta hajmli voqealarni bir-biri bilan bog‘lashda, ular orasiga "biriktirish nuqtasini" topishda muallif ichki monologdan unumli foydalanadi.
Xulosa
Yozuvchining so‘nggi asarlari O‘tkir Hoshimovning hozirgi o‘zbek nasridagi sermahsul ijodkorlardan biri darajasiga ko‘tarilganligidan guvohlik beradi.
Yozuvchi endiliqda badiiy asar yaratishda publitsistika bajarishi lozim bo‘lgan vazifani sekin-asta o‘z zimmasidan soqit kilmoqda. U kundalik dolzarb masalalar tahlilini publitsistikaga berib, e’tiborini o‘zining azaliy ishi - inson qalbi jumboqlari tadqiqiga astoydil qaratmoqda. O‘tkir Hoshimov asardan-asarga o‘sib bordi. Unda nafosat tuyg‘usi behad kuchli. Hatto u aldangan odamning ma’naviy inqirozi, fojeasi, halokati tasvirida ham shu tuyg‘usini saqlab qoladi. Ayniksa, u yaxshi, oliyjanob, ma’naviy barkamol odamlar qalbi tahlilida o‘zini nixoyatda erkin his etadi. Uning ijobiy qahramonlari aksari go‘dakday beg‘ubor, nafosat tuyg‘usiga boy, hissiyotli, o‘ta ta’sirchan odamlardir
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. Hoshimov O`. O`zbeklar.-T: O`qituvchi. 2006 yil
2. Karimov A. Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T: Sharq. 1997 yil
3. Rasulov A. Ardoqli adib.O`tkir Hoshimov hayoti vа ijodiga chizgilar. – Т., “Sharq”, 2001
Dostları ilə paylaş: |