Uzuksimon (xalqasimon, anmulyar) eritma 10-15%
bolalarda och pushti
rangdagi diametri to 5-10 sm gacha bo‘lgan xalqasimon toshmalar shaklida kelib
chiqadi. Ular tanada, oyoq va qo‘llarda joylashadi, ko‘chib yurish xususiyatiga ega
bo‘ladi, teri satxidan ko‘tarilmaydi, induratsiya yoki qichishish bilan ifodalanmaydi,
pigmentatsiya va qipiqlanish xamda atrofik o‘zgarishlarsiz, ya’ni
qoldiq
elementlarsiz tez o‘tib ketadi. Og‘riqli teri osti revmatik tugunchalari juda kam (1-
3%) kelib chiqadi. Ushbu dumaloq, kam xarakatchan, turli xajmda ifodalanuvchi
xosila bo‘g‘imlarni tashqi yuzasida, to‘piqda, axilla paylarida va umurtqa pog‘onasi
to‘siqlari ustida joylashadi. Aniqlanish muddati 2-4 xaftadan oshmaydi va yana bir
jixati-iz qoldirmay yo‘qolib ketadi.
Amerika kardioglari uyushmasi (1992), BJSST (2002-2003)
tomonidan
qayta ko‘rib chiqilgan va Rossiya revmatologlari
uyushmasi tomonidan
modifitsirlangan (2003) Ksel-Jonsning
Dostları ilə paylaş: