Ikkilamchi profilaktika
O‘tkir revmatik isitmani boshidan o‘tkazgan shaxslarda kasallikning xurujini
qaytadan takrorlanishni va avjlanishini oldini olish maqsadida o‘tkaziladi. Uni
shifoxonada, etiotropli antistreptokokkli terapiya tugatilishi zaxotiyoq, boshlanadi.
Benzatin benzilpenitsillin-asosiy dori vositasi va u o‘tkir revmatik isitmani
ikkilamchi profilaktikasi uchun qo‘llaniladi: m/o ga xar 3 xaftada 1 marta 2,4 mln
YeD dan kattalarga, tana vazni < 25 kg bo‘lgan bolalarga-600000 YeD, tana vazni
>25 kg bo‘lgan bolalarga-1,2 mln YeD. Eng samarali dori shakli bo‘lib ushbu
preparatning ekstensillin nomi bilan chiqariladigan turi xisoblanadi. Bundan tashqari
yana bitsillin-1 xar 7 kunda 1 marta buyurilishi xam mumkin.
Ikkilamchi profilaktikaning muddati xar bir mijozga aloxida o‘rnatiladi.
Odatda, u karditsiz (artrit, xoreya) o‘tkir revmatik isitmani boshdan o‘tkazgan
bemorlar uchun-xurujdan keyin 5 yilga yoki to 18-yoshgacha (“qancha uzoq bo‘lsa
shuncha yaxshi” prinsipi bilan) buyuriladi; yurak nuqsonlarisiz kardit bilan tuzilib
chaqqon bemorlar uchun-xurujdan keyingi 10 yil muddatga yoki to 25 yoshga
yetguncha (“qancha uzoq bo‘lsa shuncha yaxshi” prinsipida) tayinlanadi; yurak
nuqsonlari shakllanib qolgan bemorlar uchun (jumladan, operatsiya qilinganlar xam)
esa-umrbod ikkilamchi profilaktika olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |