Otlarning morfologik usul bilan yasalishi


Boshqa turkum so‘zlarining otga ko‘chishi (semantik usul)



Yüklə 80,5 Kb.
səhifə5/9
tarix28.11.2023
ölçüsü80,5 Kb.
#167912
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-ma\'ruza

Boshqa turkum so‘zlarining otga ko‘chishi (semantik usul)
Ot boshqa so‘zlardan predmetni nomlashi kim?, nima?, qayer? so‘roqlaridan biriga javob bo‘lishi bilan farqlanadi. Ba’zan otdan boshqa so‘zlar ham otga xos belgilarga ega bo‘lishi mumkin. Bunday hodisa – otga ko‘chish sanaladi. Quyidagi so‘zlar otga ko‘chgan:
1) sifat: yigit, qiz, o‘g‘il, yosh, qari, er, xotin, ko‘r, issiq-sovuq (issiq-sovug‘idan xabar olmoq), achchiq­chuchuk, yosh-u qari, ko‘k (“osmon”, “nasha”, “dollar”), (siyoh so‘zi ham aslida sifatdan ko‘chgan);
2) fe’l: yel, shish, yuq, ich, ko‘ch, qir, chaqirdi, chorladi, ko‘rdi, keldi­ketdi, qo‘ydi­chiqdi, oldi­berdi, oldi­sotdi; mindi­mindi (bolalar o‘yinining nomi), bordi-keldi, keldi-ketdi, oldi-berdi, ur-yiqit, ur­sur, baqir­chaqir, yasan­tusan, supur­sidir, yugur­yugur, yig‘di-yig‘di (gap), kuydi­pishdi (ayol), iliguzildi (vaqt), supraqoqdi (farzand, ya’ni so‘nggi farzand) kabi sodda, qo‘shma, juft va takroriy fe’l;
3) fe’lning harakat nomi shakli: kengash, kurash, o‘qish, yozish, o‘tmish, qilmish, qidiruv, o‘ynash, saylov, ishlov, qurshov, qatnov, qistov, tanlov, tintuv, maqtov, tergov, to‘lov, o‘quv, chanqov, qalov, qarov, to‘ntarish, o‘zgarish, qiziqish, o‘tirish, qarash (ruscha vzglyad), muyulish//burilish, burilish ("o‘zgarish" ma’nosida), yozuv­chizuv, yurish­turish, borish­kelish, bosar­tusar, ko‘rolmaslik, kiraverish;
4) fe’lning sifatdosh shakli: o‘qituvchi, bog‘lovchi, kuzatuvchi, kelajak;
5) son: uch, yetti, yigirma, qirq, to‘qqiz­to‘qqiz;
6) taqlid: ququ (qush), dudut (yengil mashina), popop (asli: pop­pop, tikuv mashinasi), tutu (tovuq), patpat (mototsikl), shapshap (magazkushak), shaqshaq, jiz (taom nomi).
Otlashish – substantivatsiya
Otlashish (substantivatsiya) – otdan boshqa so‘zning nutq jarayonida o‘z vazifasini bajara turib, vaqtincha ot turkumi vazifasini ham zimmasiga olishidir. Otlashishning 4 ta muhim belgisi bor:
1. Otlashgan so‘zdan bog‘langan ot tushib qoladi: Yaxshi (odam) oshin yer, yomon (odam) – boshin.
2. Otlashgan so‘z otning shakl yasovchi qo‘shimchasini oladi: Yaxshidan adashma, yomonga yondashma.
3. Otning so‘rog‘iga javob bo‘lishi mumkin: Intilganga (kimga?) tole yor.
4. Otning sintaktik vazifasini bajaradi: Shakarning ozi shirin.
Sifat, son, ravish va shu turkumlar o‘rnida qo‘llanuvchi olmosh, fe’lning sifatdosh shakli, taqlid, undov va modal so‘zlar otlashish xususiyatiga ega. Chunki ular o‘zi bog‘langan otni tushirib, uning grammatik shakli va sintaktik xususiyatiga ega bo‘la oladi. Ot vazifasidagi olmosh va fe’lning harakat nomi shakli otlashmaydi, ular ot vazifasini bajaruvchi so‘zlardir.

Yüklə 80,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin