Ovqatlanish


Ogohlantiruvchi sanitariya nazorati



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə5/100
tarix02.01.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#35594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Ovqatlanish gigiyenasi

Ogohlantiruvchi sanitariya nazorati uch bosqichdan iborat:

1. Oziq-ovqat korxonalari loyihalarini tuzishda sanitariya me'yor-lari va qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish.

8

2. Oziq-ovqat obyekti qurilayotganda sanitariya talablari, me'yor-lari va qoidalarining bajarilishi ustidan nazorat qilish.

3. Yangidan qurib bitkazilgan yoki qayta ta'mirlangan obyektni ishga tushirishda sanitariya talablari, me'yorlari va qoidalarining ba-jarilishi ustidan nazorat qilish.

Oziq-ovqat sanoati korxonalarining loyihalari maxsus davlat lo-yiha instituti tomonidan ishlab chiqiladi. Loyihada sanitariya me'yor-lari va qoidalaridan chetlanishlar bo’lganda albatta sanitariya xizmati bilan kelishib olish shart.

Loyiha materiallari tarkibiga: 1) obyektni qaysi joyga joylashti-rish bo’yicha malumotlar (situatsion reja, joyning geologik ta'rifi, shamol rejimi — shamollar guli, suv bilan ta'minlash va oqova suv-larni chiqarish sharoitlari); 2) arxitektura-qurilish qismi (xonalarning qavatlar bo’yicha rejalari va kesmalari, har birining maydoni va ba-landligi, deraza, eshiklar o’lchamlari); 3) texnologik qism (uskuna-jihozlarni joylashtirish tarxi, jihozlar o’lchamlari); 4) sanitariya-tex-nikaviy qismi (isitish, yoritish, kanalizatsiya, suv ta'minoti, venti-latsiya) kabilar kiradi.

Ogohlantiruvchi nazoratning keyingi bosqichida obyektlarda qurilish ishlarining loyihaga muvofiq bajarilayotganligi, ishning sifati tekshiriladi. Yer ostidagi yopiq ishlar ham sanitariya shifokori assis-tenti ishtirokida tekshirilib akt-dalolatnoma tuziladi. Qurilish jara-yonida obyektni har gal tekshirgandan so’ng qurilish bosqichlari, tu-gallash muddati, loyihadan chekinishlar va boshqa sanitariya buzi-lishlari, ularni bartaraf etish muddatlari ko’rsatilgan dalolatnoma (akt) tuziladi. Loyiha bo’yicha qurilgan me'yoriy talablarga javob beradigan obyektni ishga tushirishga — ekspluatatsiyaga tarkibida Davlat sanitariya nazorati vakili bo’lgan maxsus Davlat komissiyasi ruxsat beradi.




Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin